O‘zbekistonda birinchi xalqaro elektron savdo maydoni paydo bo‘ldi

© findaKompyuter foydalanuvchisi ish ustida
Kompyuter foydalanuvchisi ish ustida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi Iqtisodiy aloqalar vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturinig “Savdo rivojlantirish loyihasi” bilan birgalikda tashkil qilingan ushbu elektron savdo maydoni kichik biznes vakillariga va xususiy tadbirkorlarga chet el bozorlariga chiqish imkonini yaratishi kerak.

TOShKENT, 4-maya — Sputnik. O‘zbekistonda birinchi elektron savdo maydoni UzTrade ishga tushirildi. Ushbu loyiha O‘zbekistonlik tovar ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini eksport qilishga yordam berishi kerak.   

O‘zbekiston Tashqi Iqtisodiy aloqalar vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturinig “Savdo rivojlantirish loyihasi” bilan birgalikda tashkil qilingan ushbu elektron savdo maydoni kichik biznes vakillariga va xususiy tadbirkorlarga chet el bozorlariga chiqish imkonini yaratishi kerak.   

“UzTrade – bu O‘zbekistonning birinchi elektron savdo maydonchasi bo‘lib, u yerda mamalkatning istalgan korxonasi o‘z internet sahifasini ochib korxonalar va ishlab chiqarayotgan mahsulotlar sifati va texnik xususiyatlari, narxi va yetkizib berish shartlarini haqidag ma’lumotlarni joylashtirishi mumkin”, — dedi “O‘ztadbirkoreksport” AJ mutaxassisi Irina Korshikova.

Mutaxassisis aytishiga ko‘ra, yangi platformada bugungi kunda allaqachon mingdan ortiq  korxonalar va uch mingga yaqin tovarlar ro‘yxatdan o‘tgan. Keyinchalik ushbu platforma orqali tovarlar uchun onlayn-to‘lov tizimi ham kiritilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0