Dunyoda

Isroillik Xudoni sudga berdi

Ariza beruvchi oʻzining gʻalati daʼvosini Yaratgan soʻnggi uch yil davomida unga nihoyatda shafqatsiz boʻlgani bilan izohladi. Sud kengashi dalolatnomasila “javobgar sudga kelmadi”, deya koʻrsatilgan.

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Isroilning Hayfa shahridan boʻlgan bir erkak Xudoni sudga berdi. Oʻz arizasida erkak Yaratgan unga “oʻta adolatsiz” boʻlganligidan arz qilgan. Bu haqda The Times of Israel nashriga asoslangan holda, Sputnik Qirgʻiziston xabar qilgan.

Sud kengashi dalolatnomasida “Xudo sud majlisiga kelmadi”, deya koʻrsatildi. Shuningdek, sud kengashida, Xudo rostdan ham sudga kelmadimi, yoki sukut saqlash huquqidan foydalanishni afzal bildimi, aniqlik kiritishga qiynalishdi.

Daʼvogar Yaratgan soʻnggi uch yil mobaynida unga nihoyatda shafqatsiz boʻlganini aytgan, ammo boshiga tushgan musibat nimalardan iboratligiga aniqlik kiritmagan.
Sudya arizachining daʼvosini maynavozchilikdan boshqa narsa emas, deb topdi va isroillikka “boshqa joydan yordam olishni” maslahat berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala