Dunyoda

Putin bu yilgi paradda nima uchun ittifoqdoshlar haqida eslab oʻtmadi?

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti V. Putin Moskva markazida boʻlib oʻtgan "Oʻlmas polk" tadbirida qatnashdi
Rossiya prezidenti V. Putin Moskva markazida boʻlib oʻtgan Oʻlmas polk tadbirida qatnashdi - Sputnik Oʻzbekiston
Vladimir Putin bu yilgi Gʻalaba paradida Ikkinchi Jahon urushida Rossiya bilan birgalikda natsizmga qarshi kurashgan ittifoqdoshlar haqida eslab oʻtmaganidan ramziy maʼno izlash yoki xulosa xulosa chiqarishning keragi yoʻq, deb taʼkidlamoqda Rossiya prezidentining matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu yilgi Gʻalaba paradida Ikkinchi Jahon urushida natsizmga qarshi kurashgan ittifoqchilarni eslab oʻtmaganidan biron bir ramziy maʼno izlashning va xulosa chiqarishni keragi yoʻq, shunchaki prezident nutqida bu yil boshqa mavzularga urgʻu berilgan edi, deb taʼkidladi jurnalistlarga prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, RIA Novosti xabari asosida.

Moskvada oʻtgan Gʻalaba paradidan eng yorqin lavhalar - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Qizil maydonda oʻtgan Gʻalaba paradidan eng yorqin lavhalar

"Rostini aytsam, men bundan biror xulosa chiqarmagan boʻlardim. Oʻzingiz bilasiz, birinchidan, paradda har bir chiqish uchun maʼlum vaqt belgilanadi, ikkinchidan esa, oʻtgan yil, yaʼni Gʻalabaning 70 yillik yubileyi nishonlanib, chet eldan koʻplab mehmonlar tashrif buyurishganda, bu haqda koʻp va xoʻb gapirilgan edi. Bu yil esa, shunchaki, boshqa narsalarga urgʻu berildi. Yana bir bor takrorlab oʻtaman, men bundan xulosa chiqarmagan boʻlardim”, — dedi Peskov, jurnalistlarning nima uchun Putin 9-may paradida Ikkinchi Jahon urushi davridagi Ittifoqdoshlarni eslab oʻtmadi, degan savoliga javob berar ekan.

Gʻalabaning 71 yilligi munosabati bilan Moskvadagi Qizil maydonda uyushtirilgan parad bu yil 10 ming harbiy, 135ta harbiy mashinalar, 100dan ortiq uchar apparatlar ishtirokida oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala