Dunyoda

YEI va Turkiya oʻrtasidagi viza tartibini erkinlashtirish boʻyicha uchrashuv bekor qilindi

© AFP / THIERRY CHARLIERYEI va Turkiya bayrogʻi
YEI va Turkiya bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
YEI tashqi aloqalar xizmati vakilasi Mayya Kosyanchichning Bryusselda boʻlib oʻtgan matbuot-anjumanida bergan bayonotiga koʻra, Yevropa ittifoqi va Turkiya oʻrtasidagi oliy darajadagi uchrashuv bekor qilingan. U 13 may sanasiga belgilangan edi.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik, Aleksandr Shishlo. Bryussel va Anqara oʻrtasida 13 may sanasiga belgilangan oliy darajadagi uchrashuv bekor qilindi. Uchrashuv kun tartibidan Anqaraning YEIga aʼzo boʻlish jarayoni hamda viza tartibini erkinlashtirish masalalari oʻrin olgan edi, deb xabar qildi Mayya Kosyanchich. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Kosyanchichning soʻzlariga qaraganda, Bryusselda oʻtkazilishi kutilgan uchrashuv ikkala tomon xohishiga koʻra, keyinga qoldiriilgan. Uchrashuv bekor qilinishi sababi esa hozircha aytilmayapti.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta chorshanba kuni, Yevrokomissiya Yevroparlament va YEI Kengashiga, Anqara iyun oyi oxiriga qadar beshta shartni bajarsa, Turkiya fuqarolari uchun viza tartibiga oid cheklovlarni bekor qilish taklifini kiritgan edi.

Bajarilishi kerak boʻlgan shartlar sirasiga mamlakatda korruptsiyaning yoʻq qilinishi, Yevropol bilan tezkor ravishda bitim tuzish muzokaralarini oʻtkazishi, YEI tarkibiga kiruvchi barcha mamlakatlar bilan sud hamkorligini yoʻlga qoʻyishi, shuningdek, maʼlumotlar himoyasi boʻyicha qoidalarni YEI standartlariga muvofiqlashtirish kabi talablar kiritilgan edi.

Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon Yevrokomissiyaning bu pozitsiyasini qattiq tanqid ostiga oldi va Anqara terrorchilikka qarshi qonunlarga oʻzgartirish kiritmasligini maʼlum qildi.

“Kechirasiz, lekin biz oʻz yoʻlimizda ketyapmiz, sizlar oʻz yoʻlingizdan boravering”, — deb taʼkidladi Turkiya rahbari.

Viza tartibini erkinlashtirish – Anqara va Bryussel oʻrtasida mart oyida qochqinlar borasida tuzilgan kelishuvning bir qismidir. Yevropaga yoʻl ochilishi uchun Anqara Yevropa Ittifoqining 72ta shartini bajarishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala