Dunyoda

Manba: YEI Kengashi Turkiya uchun vizani bekor qilishga kirishdi

© Sputnik / Mixail Palinchak / Fotobankka oʻtishYevroparlament raisi Martin Shults
Yevroparlament raisi Martin Shults - Sputnik Oʻzbekiston
Bundan sal oldin Yevroparlament raisi Martin Shultsning rasmiy vakili viza tartibini osonlashtirish jarayoni Anqara YEI tomonidan qoʻyilgan shartlarning barchasini bajargan taqdirdagina ishga tushishi haqida aytgan edi.

TOSHKENT, 12 may — Sputnik, Aleksandr Shishlo. Ekspertlar Yevropa Ittifoqi va Turkiya oʻrtasidagi vizasiz tartibni qonunan rasmiylashtirishga kirishdilar, deb xabar berdi RIA Novosti YEI Kengashidagi manbadan olingan maʼlumot asosida.

"Ekspertlar kecha (chorshanba kuni tahr.) Yevrokomissiya taklifi yuzasidan rasmiy ishlarni boshlab yuborishdi", — deb xabar qildi agentlikka suhbatdosh.

Eʼtiborlisi, sal oldin esa Yevroparlament raisi Martin Shultsning rasmiy vakili viza tartibini osonlashtirish jarayoni Anqara YEI tomonidan qoʻyilgan 72 shartning barchasi bajarilgan taqdirdagina ishga tushishi haqida aytgan edi.

Eslatib oʻtamiz, bajarilishi kerak boʻlgan shartlar sirasiga mamlakatda korruptsiyaning yoʻq qilinishi, Yevropol bilan tezkor ravishda bitim tuzish muzokaralarini oʻtkazishi, YEI tarkibiga kiruvchi barcha mamlakatlar bilan sud hamkorligini yoʻlga qoʻyishi, shuningdek, maʼlumotlar himoyasi boʻyicha qoidalarni YEI standartlariga muvofiqlashtirish kabi talablar kiritilgan.

Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon Yevrokomissiyaning bu pozitsiyasini qattiq tanqid ostiga oldi va Anqara terrorchilikka qarshi qonunlarga oʻzgartirish kiritmasligini maʼlum qildi. “Kechirasiz, lekin biz oʻz yoʻlimizda ketyapmiz, sizlar oʻz yoʻlingizdan boravering”, — deb taʼkidladi Turkiya rahbari.

Viza tartibini erkinlashtirish – Anqara va Bryussel oʻrtasida mart oyida qochqinlar borasida tuzilgan kelishuvning bir qismidir. Yevropaga yoʻl ochilishi uchun Anqara Yevropa Ittifoqining 72ta shartini bajarishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala