Dunyoda

Rossiyada mehnatga layoqatli, ammo ishlamayotgan fuqarolar soliq toʻlashga majbur etilishi mumkin

© Sputnik / Sergey Malgavko / Fotobankka oʻtishPlyajda dam olayotgan erkak
Plyajda dam olayotgan erkak - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaliklarning teng yarmidan koʻpi tekinxoʻrlik toʻgʻrisida qonun qabul qilinishi uchun ovoz bermoqda.

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Rossiya Mehnat vazirligi mehnatga layoqatli, ammo, rasman hech qayerda ishlamayotgan shaxslarga nisbatan soliq solish gʻoyasini muhokama qilmoqda, deb xabar qildi payshanba kuni Rossiya Mehnat vazirining oʻrinbosari Andrey Pudov. U bu soʻzlarni "Ijtimoiy sugʻurtalash" mavzusida oʻtgan xalqaro konferentsiyada aytdi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Migrantlarning test topshirish jarayoni - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
OAV: Rossiyada migrantlardan test olish jarayoni murakkablashtiriladi

"Balki, bu borada belorussiyalik hamkasblarimiz oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashar. Ularda keyingi vaqtlarda katta oʻzgarishlar sodir boʻldi: Belorussiya hukumati, mehnatga layoqatli yoshda boʻlgan, ammo mehnat faoliyati bilan shugʻullanmayotgan, davlatga sugʻurta badalini toʻlamayotgan shaxslarga nisbatan soliq joriy etgan. Ha, ular mana shunday jiddiy qaror qabul qilgan. Ular bu borada qarorni allaqachon qabul qilgan boʻlsa, biz esa hozircha bu mavzuni muhokamaga qoʻyganmiz", — degan Pudov.

Mehnat vaziri oʻrinbosarining ushbu soʻzlari Rossiya jamoatchiligi oʻrtasida katta shov-shuvlar koʻtardi. Shu bois, Mehnat vazirligi idorasi vakillari, sal vaqtdan keyin yuqoridagi taʼkid, Belorussiyada hayotga tatbiq etilgan tajriba muhokamasi davomida aytilganini maʼlum qilishdi.

Aniq loyihalar haqida esa hozircha maʼlumot yoʻq.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala