O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisini mamlakat rahbari kutib oldi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishTurkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Akmaljon Qo‘chqorov Gurbanguli Berdimuhammedov va butun turkman xalqiga O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning samimiy salomini yetkazdi.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. 19-may kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonning mamlakatga yangi tayinlangan elchisi Akmaljon Qo‘chqorovni qabul qildi. U prezidentdan ishonch yorlig‘ini qabul qilib oldi, deb xabar bermoqda Turkmaniston axborot agentligi.

Akmaljon Qo‘chqorov Gurbanguli Berdimuhammedov va butun turkman xalqiga O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning samimiy salomini yetkazdi.

Turkmaniston Prezidenti, o‘z navbatida, elchining yangi lavozimi bilan muborakbod etarkan, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan faoliyatiga omad tiladi.

Yangiliklar lentasi
0