Jamiyat

Rossiyada migrantlar bilan soxta nikohdan oʻtish holati avj olmoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishVirtual nikoh.
Virtual nikoh. - Sputnik Oʻzbekiston
Gap qaysi toifadagi fuqarolar haqida bormoqda? Agar soxta nikohdan oʻtayotganlar yuqori malakali mutaxassislar boʻlishsa, balki fuqarolikka ega boʻlish qoidalarini yangilash kerakdir, dedi Rossiya Davlat Dumasining millatlar ishi boʻyicha rahbarining birinchi muovini Mixail Starshinov.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Rossiyada mahalliy fuqarolari orasida migrantlar bilan soxta nikohdan oʻtish holatlari keskin ravishda ortganligi qayd etildi, deb xabar qilmoqda Rossiya Bosh prokuraturasi axborot xizmati. Sputnik Tojikiston xabari asosida.

"2016 yilning birinchi kvartalida migrantlarning Rossiya hududida yashashini legallashtirish maqsadida vujudga kelayotgan soxta nikohlar soni keskin ortgani kuzatildi", deyiladi xabar matnida.

Prokuratura tomonidan berilgan maʼlumot Rossiya Davlat Dumasi tomonidan ham tasdiqlandi. Deputatlar yuqori malakaga ega mutaxassislarga qonun tomonidan yengilliklar belgilash kerakligi haqida aytib oʻtdilar.

FMS noqonuniy migrantlarni qoʻlga oldi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya migrantlar soni boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinni egalladi
"Biz uchun amalga oshirilayotgan hiyla-nayranglar soni koʻrsatkichi emas, balki, soxta nikohdan qaysi toifadagi fuqarolar foydalanayotganini bilish juda muhim. Agar gap yuqori malakali mutaxassislar, yoxud davlat uchun kerakli boshqa toifadagi fuqarolar haqida borayotgan boʻlsa, u holda fuqarolikni taqdim etish qoidalarini yangilash haqida oʻylab koʻrish kerak. Aks holda, bu jarayonning murakkabligi tufayli, biz goʻyoki tuppa-tuzuk odamlarni jinoyatga undayotgandek boʻlyapmiz…" — deb iqtibos keltiradi "Izvestiya" nashri Mixail Starshinovning soʻzlaridan.
2016 yil 5 aprel holatiga koʻra, Rossiya hududida 1,7 million oʻzbekistonliklar, 878,5 ming tojikistonliklar, 588,8 ming nafar Qozogʻiston fuqarolari, 574 ming qirgʻizistonliklar va 24 ming nafar Turkmaniston fuqarolari yashashi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala