Qirg‘izistonda sel kelishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Anatoliy Ustinenko / Mediabankka o‘tishSel ketishi
Sel ketishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Guvohning so‘zlariga qaraganda, tabiiy ofat natijasida 15 ta mashinaga zarar yetgan, odamlarning uylari suv ostida qolgan, yo‘llar yuvilib ketgan.

TOShKENT, 28 may — Sputnik. Qirg‘izistonning Qadamjoy tumanida jala quyishi oqibatida sel kelgan. Tabiiy ofat natijasida besh kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Yo‘lovchilarga to‘la mashina loyqa suv ostida qolgan, deb xabar qiladi guvohlardan biri. Suhbatdoshning aytishicha, yo‘lovchilardan faqat bittasi qutqarib qolingan.  

 

"Batken viloyatining O‘sh-Aydarken yo‘lining 125 kilometrida juma kuni qattiq jala quyishi oqibatida sel keldi. Loy oqimi bir avtomobilni bosib qoldi, besh kishi halok bo‘ldi. Suvda oqib ketayotgan 6 yashar bolakay qutqarib qolindi. Ma’lumotlarga qaraganda, avtomobil ichida 3 yashar bolakay ham bo‘lgan, hozirda qidiruv ishlari olib borilmoqda”, — dedi suhbatdosh.

Guvohning so‘zlariga qaraganda, tabiiy ofat natijasida 15 ta mashinaga zarar yetgan, odamlarning uylari suv ostida qolgan, yo‘llar yuvilib ketgan.

 

Yangiliklar lentasi
0