Yaqin kunlarda Baxt ko‘lida zamonaviy plyaj va park ishga tushadi

© Sputnik / StringerBaxt ko‘lida zamonaviy paj va park paydo bo‘ladi
Baxt ko‘lida zamonaviy paj va park paydo bo‘ladi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qurilayotgan dam olish maskani Ohangaron yo‘li yaqinidagi, Baxt ko‘li atrofida tashkil qilinadi.

TOShKENT, 30 may — Sputnik. TOshkentda 10-iyunda yangi zamonaviy plaj va park ochilishi kutilmoqda, Toshkentning Bektemir tumani ma’muriyati xabariga asosan.   

“Ushbu loyiha 2014-yilda tayorlangan bo‘lsada uni ishga tushirish uchun bir qator transport,investitsion va ekologik muammolarni hal qilish kerak bo‘ldi”,- dedi ma’muriyat vakili.

O‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab 2000-yillargacha Baxt ko‘li Toshkent aholisining sevimli cho‘milish joyi edi. Keyinchalik sanitar-gigiyenik vaziyat yomonlashgani tufayli ko‘lga odamlar kelmay qo‘ygan edi.

Chirchiq darosining yuqori qismida qum va graviy ishlab chiqaradigan karyer paydo bo‘lgani vaziyatni undan ham yomonlashtirdi. Karyer faoliyati natijasida ko‘l umuman cho‘milishga yaroqsiz holga keldi va odamlar cho‘milishi ta’qiqlandi.

© Sputnik / StringerStroitelstvo parka razvlecheniy na vode "Baxt"
Stroitelstvo parka razvlecheniy na vode Baxt - Sputnik O‘zbekiston
Stroitelstvo parka razvlecheniy na vode "Baxt"

 

“Ayni damda bu yerda kiyim almashtirish xonalari va boshqa kerakli infratizimlar qurilishi yakunlanmoqda. Ko‘l qirg‘og‘i maxsus olib kelingan qum bilan qoplanadi. Ko‘l yuzasi 27 gektar maydonni egallashini hisobga olsak bu yulab tonna qum degani. Ko‘l tubi cho‘milishga juda qulay, chunki u sekin asta chuqurlashib boradi. Ko‘lning eng chuqur joyi 10 metrga yetadi”, — dedi vakil.    

Yangi park bir necha hududlarga bo‘lingan bo‘lib, u yerda bolalar maydonchasi, karting va segvey maydonchalari, kafe va baliq ovlash uchun maxsus hovuzlar qurilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi quriladigan binolar asosan oyna, plastik va albminiy materiallaridan quriladi.

Tashkilotchilar parkka kelib ketishni osonlashtirish uslubini ham o‘ylab topishdi. Doimi serqatnov bo‘lgan Ohangaron shossesi ostidan tunnel qazib birdaniga ikki muammoni hal qilishdi. Tunnelning bir tomonida 50dan ziyod avtomobilga mo‘ljallangan avtomobillar turar joyi ikkinchi tomonida esa plyaj joylashgan.

© Sputnik / StringerStroitelstvo parka razvlecheniy na vode "Baxt"
Stroitelstvo parka razvlecheniy na vode Baxt - Sputnik O‘zbekiston
Stroitelstvo parka razvlecheniy na vode "Baxt"

 

Yangiliklar lentasi
0