Jamiyat

“Oʻzbekenergo” 800 ming elektr hisoblagichlari oʻrnatishga pudratchi tanlovni boshladi

Konkurs shartiga koʻra, uning gʻolibi Navoiy va Xorazm viloyatlarida 800 mingdan ortiq zamonaviy elektr hisoblagichlari oʻrnatish huquqini qoʻlga kiritadi.

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. “Oʻzbekenergo” AJ respublikaning uch viloyatida zamonaviy elektr hisoblagichlari tizimi oʻrnatish boʻyicha tanlov eʼlon qildi, kompaniya vakili xabariga asosan.

“Tanlovning dastlabki bosqichiga qatnashish uchun 27 iyulga qadar ariza topshirish kerak. Tanlov ning asosiy bosqichi – tender, ushbu yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtadi”, — dedi  "Oʻzbekenergo" vakili.

Tanlov shartiga koʻra, tender gʻolibi Navoiy, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpoq viloyatil 800 mingta ikki taraflama aloqi qiluvchi elektr hisoblagichlar oʻrnatib beradi.

Loyihani amalga oshirish muddati — ikki yarim yil. Uning umumiy qiymati 235 milliondan ziyod. Undan 130 mln $ Islom Taraqqiyot banki krediti va qolgan qismi AO "Oʻzbekenergo" mablagʻi bilan qoplanadi.

Biroz oldin, butun respublikada qiymati 802 mln $ boʻlgan zamonaviy elektr hisoblagichlar oʻrnatish loyhasi haqida xabar qilingan edi. Ushbu loyiha Islom taraqqiyot banki, Umumjahon banki va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala