Kasaba uyushmalari bolalarga bayram sovg‘a qilishdi

Obuna bo‘lish
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek bog‘ida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida Kasaba uyushmalari kam ta’minlangan oilalar farzandlariga, bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga bayram sovg‘alari va yozgi dam olish maskanlariga yo‘lanmalar ulashdi.

 

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida, Toshkentning Mirzo Ulug‘bek bog‘ida “Kasaba uyushmalar – bolalarga” tadbiri bo‘lib o‘tdi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kengashi xabariga asosan.   

Bayram tadbiriga kam ta’minlangan oilalar farzandlari, boquvchisini yo‘qotgan oilalar bolalari, bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, maktab-internatlar o‘quvchilari, iqtidorli bolalar taklif qilindi.

Barcha bolalarga sovg‘alar ulashildi. 50ka yaqin “Mehribonlik” uylari bolalariga va iqtidorli bolalarga yozgi dam olish lagerlariga yo‘llanma berildi. 500ga yaqin kam ta’minlangan oilalar farzandlari savg‘a tariqasida kitoblar va bog‘ ko‘ngilochar attraksionlariga bepul chiptalar olishdi. Bundan tashqari poytaxtning imkoniyati cheklangan bolalar maxsus maktabiga zamonaviy maishiy texnika topshirildi.

Bayramda yana bir necha qiziqari tadbirlar bo‘lib o‘tdi va bolalarga turli sovg‘alar hamda yodgorliklar topshirildi. Ushbu kabi bayram tabirlari respublikaning turli viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston hududida ham o‘tkazildi.

 

Yangiliklar lentasi
0