Germaniya Armanlar genotsidini tan oldi, bundan Turkiya g‘azabga keldi

© Sputnik / Savelyev Vitaliy / Mediabankka o‘tishBundestag binosi
Bundestag binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Usmoniylar imeperiyasiga qarashli hududlarda 1915 – 1923-yillar davomida turli usullar bilan 1,5 million arman, asiriya va grek millatiga mansub odamlar o‘ldirish, majburiy ochlik, o‘ta qiyin sharoitda uzoq masofalarga ko‘chishga majbur qilish oqibatida yo‘q qilib yuborilgan.

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Germaniya parlamenti – Bundestag, kecha Usmoniylar imperiyasi tomonidan arman millatiga qarshi olib borgan qirg‘inini (genotsid) tan oldi. Bundan Turkiya g‘azabga tushib, Turkiyaning Germaniyadagi elchisini vaqtincha Anqaraga chaqirib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Usmoniylar imeperiyasiga qarashli hududlarda 1915 – 1923-yillar davomida turli usullar bilan 1,5 million arman, asiriya va grek millatiga mansub odamlar o‘ldirish, majburiy ochlik, o‘ta qiyin sharoitda uzoq masofalarga ko‘chishga majbur qilish oqibatida yo‘q qilib yuborilgan. Tarixchilar tomonidan ushbu ommaviy qirg‘in 20-asrning birinchi genotsidi deb tan olingan 

Ikkinchi jahon urushida natsistlar tomonidan yahudiylarni yo‘q qilishga qaratilgan qirg‘in – 20-asrning ikkinchi genotsidi hisoblanadi. Unda 6 million yahudiylar o‘ldirib yuborilgan.  

Armanlar qirg‘ini dunyoning 20 dan ortiq mamalkatlari tomonidan – genotsid, ya’ni insoniyatga qarshi qaratilgan eng og‘ir jinoyat, deb tan olingan. Ushbu mamalakatlar orasida Rossiya, Fransiya, Italiya, Avstriya, Braziliya, Shvetsiya, Polsha, Argentina va boshqalar bor.

O‘sha vaqtlarda Usmoyniylar imperiyasining yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Avstriya va Germaniya bugungi kunga kelib armanlar genotsidini tan oldi, va qurbonlar xotirasini abadiy yodda tutishga qaror qildi. Usmoniylar imperiyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri me’rosxo‘ri bo‘lgan Turkiya esa, haligacha  ushbu tarixiy omilni inkor qilib kelmoqda.  

Armaniston hukumati Bundestagning ushbu qadamini xush kutib oldi, va bu kelajakda insoniyatga qarshi qaratilgan dahshatli jinoyatlarni oldini olishga katta hissa qo‘shishini ta’kidladi.  

Saylov oldidan Germaniya parlamenti deputatlarining ko‘pchilligiga, birinchi navbatda kelib chiqishi Turkiyadan bo‘lgan deputatlarga, telefon orqali anonim po‘pisalar kelib tusha boshlagan. Ba’zilarni hatto o‘ldilish bilan ham qo‘rqitishgan.

Lekin deputatlar “biz o‘zimizni qo‘rqitishga yo‘l qo‘ymaymiz”, deb javob berishdi va armanlar genotsidini bir ovozdan tan olishdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra faqatgina bir deputat “qarshi” javobini bergan va yana bir kishi betaraf qolgan.

Turkiya bunga nisbatan, kutilganidek, o‘ta salbiy munosobatda bo‘ldi. Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Mevlyud Chavushoglu bunga “tarixni qoralash” deb baho berdi. Turkiya prezidenti Toyyip Erdo‘g‘on bo‘lsa “Bu kelajakdagi Turkiya-Germaniya munosobatlarida albatta o‘z aksini topadi”, — dedi. Undan tashqari, Turkiya o‘zining Germaniyadagi elchisini vaqtincha Anqaraga chaqirib oldi.

Turkiya Qurdlar partiyasi vakili Kamkinning so‘zlariga qaraganda, Bundestagning ushbu qadami, kelajakda Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga katta to‘siq bo‘lishi mumkin.

Rossiya Tashqi Ishlar vazirligida Bundestagning ushbu qaroriga izoh berib, “Biror qaror qabul qilish yoki qilmaslik bu Germaniyaning ichki ishi. Ushbu qadam bilan Germaniya ham ushbu masalada Rossiya nuqtayi nazariga yaqinlashdi”, – dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

© PAN Photo / Mediabankka o‘tishDen pamati jertv genotsida v Armenii
Den pamati jertv genotsida v Armenii - Sputnik O‘zbekiston
Den pamati jertv genotsida v Armenii
Yangiliklar lentasi
0