Mustaqillikning 25-yilligini kutib olish haqida qaror imzolandi

© AFP / ALEXANDER NEMENOVUzbekiston Prezidenti Islom Karimov
Uzbekiston Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov mustaqillikning 25-yillik bayramiga tayorgarlik ko‘rish va uni nishonlash haqidagi qarorni imzoladi

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan bayramga tayorgarlik ko‘rish haqidagi qarorni imzoladi, TIV xabariga asosan.

Qarorda O‘zbekiston Mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan bayramni nishonlash va boshqa tadbirlarga tayorgarlik ko‘rish haqida aytib o‘tilgan.

Xususan, davlat mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan respublika komissiyasining tarkibini tasdiqlash va ushbu komissiya bir hafta muddatida “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqishi aytib o‘tilgan.   

Yuqorida aytib o‘tilgan dasturni tayorlashda quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor berish ta’kidlangan: mustaqillik O‘zbekistonni qaramlik kishanlaridan ozod qilib kelajakni o‘z qo‘li bilan yaratishga keng imkoniyatlar yaratib berganini, mamlaktning iqtisodiy mustaqillikka erishganini aniq misollar yordamida yoritish, iqtisoddagi tarkibiy o‘zgarishlar, paxta yakkahokimligi o‘rnida sanoat ulushining oshishi, xom-ashyo o‘rniga tayor mahsulot ulushi oshganiniga alohida urg‘u berish, mustaqillik yillarida aholi jon boshiga  keladigan real daromad va mamlakat oltin-valyuta zahiralari bir necha barobar oshgani olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning amaliy samarasi ekanligini aytib o‘tish, kelajakda qo‘yilgan ulkan maqsadlarning mohiyatini ochib berish va boshqalar.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Tasviriy oyina”, Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari, Badiiy akademiya va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda “Istiqlol farzandlari”, “Kelajak bizniki, marra bizniki!” yoshlar festivallarini, “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” respublika do‘stlik va madaniyat festivalini, “Milliy g‘oya – bizning g‘oya” ilmiy-amaliy anjumanini, kabi an’anaviy tadbir va tanlovlarning yuqori darajada o‘tkazilishini ta’minlashi aytib o‘tilgan.

Qarorga ko‘ra, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda xayriya mablag‘lari hisobidan; Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilgan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash Bosh vazir Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklangan.

Yangiliklar lentasi
0