Afg‘onistonning yangi elchisi qabul qilindi

© MID Uzbekistana/ Anvar IlyasovAfg‘oniston elchisi Sayid Shaxobuddin Temuriy
Afg‘oniston elchisi Sayid Shaxobuddin Temuriy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Afg‘onistonning yangi elchisi Sayid Shaxovuddin Temuriy qabul qilindi.

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 3-iyun kuni Afg‘oniston respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sayid Shaxovuddin Temuriyni qabul qildi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Elchi vazirga ishonch yorliqlarining nusxasini topshirdi. Suhbat davomida o‘zbek-afg‘on munosobatlarining bugungi kundagi holati va kelajagi muhokama qilindi.

Tomonlar Toshkentda bo‘lib o‘tilishi kutilayotgan ShHT sammitda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalari bo‘yicha ham fikr almashdilar. Afg‘oniston ShHTda kuzatuvchi mamlakat maqomida qatnashmoqda. 

Afg‘onistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Muhammad Sodiq Daudzay Toshkentdagi faoliyatini o‘tgan yilning may oyida yakunlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0