Jurnalistikada yangi davr: meynstrim bilan xayrlashuv - xalqaro mediaforum boshlandi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tish"Jurnalistikada yangi davr: meynstrim bilan xayrlashuv" xalqaro forumi
Jurnalistikada yangi davr: meynstrim bilan xayrlashuv xalqaro forumi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Forum, Rossiyaning eng yirik axborot agentliklari asoschisi – Sovinformburo tashkil qilinganining 75-yilligiga bag‘ishlangan forumda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Indiya, Xitoy va boshqa 30dan ziyod mamalkatdan kelgan jurnalistlar qatnashmoqda.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Moskvada 6-7 iyunda “Junalistikada yangi davr: meynstrim bilan xayrlashuv” mavzusida xalqaro jurnalistika forumi bo‘lib o‘tadi.

Forum, Rossiyaning eng yirik axborot agentliklari asoschisi – Sovinformburo tashkil qilinganining 75-yilligiga bag‘ishlangan. Unda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Indiya, Xitoy va boshqa 30dan ziyod mamalkatdan kelgan jurnalistlar qatnashmoqda. Tadbir tashkilotchisi – “Rossiya Segodnya” xalqaro axborot agentligi.

Forumning birinchi kuni “Meynstrimdan keyingi davr jurnalisti” deb ataladi va unda Rossiya va chet eldan kelgan jurnalistlar OAVdagi oqimlar va ularning zamon o‘zgarishi bilan bog‘liqligini muhokama qilishadi.

Birinchi kuni forumda "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi direktori Dmitriy Kiselev, Rossiya Aloqa vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin, Al Mayadeen TV (Livan)direktorlar kengashi raisi Ben Djiddou, AQShlik jurnalist Yeva Golindjer, Suriya Arab respublikasi milliy axborot agentligi SANA bosh direktori Axmad Dava, Rossiya TIV Inson huquqlari bo‘yicha ma’sul vakili Konstantin Dolgov, YuNESKO direktori o‘rinbosari Frank La Ryu (Fransiya) va Buyuk Britaniyaning The Telegraph Media Group iqtisodiy tahrirchisi Liam Xalliganlar so‘zga chiqishi rejalashtirilgan.

"Rossiya Segodnya" — dunyo voqealarini tezkor va har tomonlama yorituvchi xalqaro axborot agentiligidir. Bugungi kunda uning tarkibiga RIA Novosti, R-sport, RIA Nedvijimost, Praym, RIA Reyting, InoSMI kabi axborot agentliklari kiradi. "Rossiya Segodnya" bugungi kunda Rossiya OAVlarida, ijtimoiy tarmoqlar va bloglarda iqtiboslar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0