Rossiya Mudofaa vazirligi dunyodagi uch yovuz kuchning nomini aytdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishRossiya Mudofaa vazirligi binosi
Rossiya Mudofaa vazirligi binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT Mudofaa vazirlari - dunyodagi uch yovuz kuch deb: terrorchilik, ekstremizm va separatizmni aytishdi.

 

TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Shanxay Hamkorligi tashkiloti mamalkatlari Mudofaa vazirlari dunyodagi eng yovuz kuchlar: terrorchilik, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashishga kelishib olishdi, dedi Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov.   

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga qaraganda, muzokara qatnashchilari ShHTning bo‘lajak a’zolarining ushbu hamkorlikka qo‘shilishi mamalkatlar orasida “o‘zaro ishonchni mustahkamlash borasida muhim yo‘nalish bo‘ladi”.    

Antonovning so‘zlariga qaraganda, hozirgi “xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm kuchayib borayotgan vaqtda” mudofaa vazirliklari faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish o‘ta muhimdir.  

Ostonada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, ShHT vakillari “Tinchlik missiyasi – 2016” o‘quv mashg‘ulotlariga birgalikda tayorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilishdi. Ushbu yil o‘quv mashg‘ulotlari birinchi bor Qirg‘iziston hududida bo‘lib o‘tadi.

 

Yangiliklar lentasi
0