Madaniyat

Osiyo Chempionlar ligasida Lokomotivning keyingi raqibi maʼlum boʻldi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qura tashlash natijasida Osiyo Chempionlar ligasining ¼ finalida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Qatarning “Al-Ayni” klubi bilan uchrashadi. Birinchi oʻyin 23 avgust kuni boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi xabariga koʻra, Mongoliyaning Kuala Lumpur shahrida OCHLning ¼ finalidagi oʻyin uchun qura tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

“Temiryoʻlchilar” birinchi oʻyinni 23 avgust kuni mehmonda oʻynashadi, takroriy oʻyin boʻlsa Toshkentda 13 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.

¼ finalining qolgan oʻyinlari quyidagilardir: BAA “Al-Nasr” va Qatar “Al-Jaish”, Xitoylik “Shandong Luneng” Janubiy Koreyaning “Seul” jamoasi bilan uchrashadi. Oxirgi juftlikda esa Koreyaning “Chonbuk Motors”jamoasi  XXRning "Shanxay SIPG" jamoasi bilan uchrashadi.

Yangiliklar lentasi
0