Jamiyat

AQSH generali Oʻzbekistonda muzokaralar oʻtkazdi

© U.S. Army Staff Sgt. Sean K. HarpAQSH Markaziy Qoʻmondonligi rahbari Djozef Leonard Votel
AQSH Markaziy Qoʻmondonligi rahbari Djozef Leonard Votel - Sputnik Oʻzbekiston
AQShning vaqtincha ishonchli vakili general Lessli Viguri Oʻzbekiston TIVda boʻlib oʻtgan muzokaralarda qatnashdi.

TOSHKENT, 14 iyun – Sputnik. AQSH Harbiy qoʻshnlari Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) rahbari Jozef Votel Oʻzbekiston Tashqi Ishlar vazirligida muzokaralar oʻtkazdi, deb xabar berdi muassasa matbuot xoxmati.

“Tomonlar oʻzbek-amerika kun tartibida turgan bir necha masalalarni koʻrib chiqishdi. Xalqaro va regional muammolar haqida fikr almashishdi”, — deyilgan xabarda.

Bu CENTCOM rahbariyatining 2016 yilda Oʻzbekistonga qilgan birinchi tashrifidir. 2013 yilning fevral oyida ushbu muassasa vakillari Oʻzbekistonga tez-tez kelib turishar edi.2013 yilning fevral oyida AQSH hukumati AQSH Davlat departamenti, Kongressdan olingan ruxsatnoma asosida Oʻzbekistonga qurol-aslaha yetkizib berish huquqidan foydalandi. Xususan, gap qurol-yarogʻ va himoya uchun kerak boʻladigan  harbiy texnika haqida ketmoqda.

2015 yilda AQSH hukumati Oʻzbekiston Mudofaa vazirligiga 328ta zirhlangan avtomobil yetkizib berdi. Ulardan 308tasi ogʻir vaznli minadan himoyalangan  avtomobillar va 20 ta zirhlangan taʼmirlash va evakuatsiya qilishga moʻljallangan avtomobillardir. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala