Jamiyat

Oʻzbekiston qoʻshni mamlakat fuqarolari uchun vaqtincha chegaralarni yopdi

© Sputnik / Samvel Sepetchyan / Fotobankka oʻtishChegaradan oʻtish nazorat punkti
Chegaradan oʻtish nazorat punkti - Sputnik Oʻzbekiston
Yopish sabablari xabar qilinmagan. Taxminlarga koʻra bu shaharda 23-24 iyunda oʻtkazilishi rejalashtirilgan SHHT sammiti bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston, bugundan boshlab, qoʻshni Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston va Turkmaniston fuqarolariga mamlakat hududiga kirishni 25 iyunga qadar taʼqiqladi, RIA Novosti, Qirgʻiziston Chegara xizmati xabariga asosan.

“Oʻzbekiston 15 iyundan 25 iyunga qadar Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston va Turkmaniston fuqarolariga mamlakat hududiga kirishni, trasport vositalarida kirishni va yuk olib kirishni taʼqiqladi. Osh viloyatining Barak eksklavi aholisi bundan mustasno. Ular oʻzbek-qirgʻiz chegarasini kesib oʻtishi mumkin”, — deyilgan xabarda.

Taʼqiq sabablari aniq eʼlon qilinmagan. Taxminlarga koʻra bu shaharda 23-24 iyunda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Shanxay Hamkorligi Tashkiloti sammiti bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala