Manba: Eron muzlatilgan 2 milliard $ uchun AQShni sudga bermoqchi

© David StanleyYazd shahri. Eron
Yazd shahri. Eron - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Yaqin kunlar ichida Eron AQShga qarshi Gaaga sudiga da’vo arizasini beradi. Eron Vashingtonni o‘ziga tegishli 2 milliard dollarni o‘zlashtirib olganlikda ayblamoqda”, - deya ta’kidlamoqda manba.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Eronning AQShga qarshi da’vo arizasi yaqin kunlar ichida Gaaga sudiga yo‘llanadi, deya xabar qilgan Sputnik agentligiga chorshanba kuni manba, RIA Novosti xabari asosida.

Manbaning ta’kidiga qaraganda, Eron AQShni 2 milliard dollarlik aktivlarini o‘zlashtirib olganlikda ayblamoqda va bu ishga jiddiy kirishish istagida.

Eron TIV rahbari Muhammad Jovad Zarif bundan sal oldin Vashingtonga qarshi tayyorlanayotgan da’vo arizasi haqida bayonot qilgan edi.AQSh Oliy Sudi Eron Markaziy bankiga Eronga tegishli muzlatilgan 2 milliard dollarni qaytarmasligini ma’lum qilgach, Vashingtonni sudga berish qarori qabul qilingan edi.

AQSh Oliy sudi muzlatilgan aktivlar 1983-yilda Bayrut shahrida yuz bergan portlash va boshqa teraktlar natijasida halok bo‘lgan amerikaliklar oilalariga beriladigan to‘lovlar uchun sarflanmog‘i lozim.

"Yaqin kunlar ichida Eron AQShga qarshi Gaaga sudiga da’vo arizasini yo‘llaydi. Eron Vashingtonni o‘ziga tegishli 2 milliard dollarni o‘zlashtirib olganlikda ayblamoqda”, — deya ta’kidladi manba.

Manbaning ta’kidlashicha, Eron Gaaga sudi adolatli hukm chiqaradi, degan umidda.

Yangiliklar lentasi
0