Putin ShHT sammitida qatnashishini rasman e’lon qildi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Sammit doirasida Vladimir Putinning bir qator davlat rahbarlari bilan ikki-taraflama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan”, - deyilgan press-relizda.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik.  Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23-24 iyunda ShHT davlat rahbarlari kengashida qatnashish uchun Toshkentga keladi. Tashrif davomida chet el rahbarlari bilan bir qator ikki taraflama uchrashuvlar rejalashtirilgan,  Kreml xabariga asosan.

“2016 yilning 23-24 iyunida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Toshkentda bo‘lib o‘tadigan, Shanxay hamkorligi tashkilotining 15-yilligiga bag‘ishlangan Davlat rahbarlari kengashida qatnashadi”, — deyilgan xabarda. 

 Uchrashuv kun tartibida ShHT safini kengaytirish va xalqaro maydonda uning nufuzini oshirish masalalari bor. Shu bilan bir vaqtda, global va regional muammolarni hal qilishda fikr almashiladi. Muzokaralar natijasida bir necha hujjatlar imzolash ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0