O‘zbekistonliklar "YeVRO-2016" o‘yinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishlari mumkin

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishFutbol. Yevropa Chempionati - 2016.
Futbol. Yevropa Chempionati - 2016. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeVRO-2016 o‘yinlari translyatsiyasi 17-iyundan boshlanadi. Jami 58ta o‘yin namoyish etilib, shulardan 45tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Ko‘plab futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olgan holda,  YeVRO-2016 o‘yinlarini 17-iyundan boshlab yurtimizdagi hududiy telekanallarda retranslyatsiya qilish bo‘yicha O‘EOAVMA bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar qilmoqda "UZREPORT TV" matbuot-xizmati.

Shu tariqa YeVRO-2016 o‘yinlarini endi quyidagi hududiy telekanallar orqali tomosha qilish mumkin bo‘ladi: «Muloqot TV» (Qo‘qon), «Ruxsor TV», «Marg‘ilon TV» (Marg‘ilon), «Jizzax TV» (Jizzax), STV (Samarqand), «Istiqlol TV» (Buxoro), «Nasaf TV» (Qarshi), «Ishonch TV» (Termiz), «Ellikqal’a TV» (Qoraqalpog‘iston).
Bu holat viloyatlardagi muxlislar uchun YeVRO-2016 bahslarini nafaqat sun’iy yo‘ldosh orqali yoki IPTV xizmatidan foydalangan holda, balki mahalliy telekanallar orqali ham tomosha qilish imkoniyatini taqdim qiladi.

O‘zaro kelishuvga ko‘ra hududiy telekanallar har kuni soat 23:45da boshlanadigan o‘yinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri retranslyatsiya qiladi. Soat 20:45da boshlanadigan uchrashuvlar esa tungi soat 01:45da yozib olingan holda namoyish qilinadi.

Yevro-2016 Yevropaning futbol bo‘yicha eng nufuzli musobaqasi bo‘lib, joriy yilning 10-iyunidan 10-iyuliga qadar Fransiyada o‘tkazilmoqda. 24ta terma jamoaning Fransiyaning 10ta stadionidagi murosasiz kurashi Yevro-2016 musobaqasini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilishning eksklyuziv huquqini qo‘lga kiritgan «UZREPORT TV» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish qilinmoqda.

«UZREPORT TV» telekanali "YeVRO-2016"dan 58ta o‘yinni translyatsiya qiladi. Bunda 45 ta o‘yin to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyada, guruh o‘yinlarining bir vaqtning o‘zida bo‘lib o‘tadigan 6ta uchrashuvi yozib olingan holda, guruh bosqichidan keyingi 7 ta o‘yini (chorak finallar, yarim finallar va final) qo‘shimcha takrorlari bilan ko‘rsatiladi.

Ayni paytda «UZREPORT TV» telekanalini O‘zbekiston kabel televideniyesi (O‘KT), "UzDigital TV", "Stars TV", "IPTV", "Vodiy Sadosi Yoshlar teleradiokompaniyasi" (YoTRK) abonentlari hamda www.медиабай.тв internet-resursi foydalanuvchilari ko‘rishlari mumkin.

Ta’kidlash lozimki, 2015-yilning 1-dekabridan boshlab telekanal sun’iy yo‘ldosh orqali namoyish qilina boshlandi va uni sun’iy yo‘ldosh antennalari egalari ham O‘zbekiston hududida, ham Yevroosiyoning boshqa mamlakatlari hududida ko‘rishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0