Jamiyat

Alkogol va tamaki mahsulotlari sotish qoidalari oʻzgartirildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishChekish zarari koʻrsatilgan sigaret qutilari
Chekish zarari koʻrsatilgan sigaret qutilari - Sputnik Oʻzbekiston
Vazirlar mahkamasi qabul qilgan qonunda, Oʻzbekistonda 20 yoshdan yosh boʻlgan fuqarolarga alkogol ichimliklar va tamaki mahsulotlari sotish taʼqiqlandi.

TOSHKENT 20 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 287 sonli qarori bilan “Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari koʻrsatish qoidalari”ga qoʻshimchalar va oʻzgarishlar kiritdi.

Oʻzgarishlar va qoʻshimchalar alkogol hamda tamaki mahsulotlarini yosh fuqarolarga sotishni oldini olishga qaratilgan. Qarorning toʻliq matni bilan Lex.UZ saytida tanishishingiz mumkin.

Bundan buyon sotuvchi, alkogol yoki tamamki mahsulotlari sotganda xaridorlardan ularning yoshini soʻrashi, yosh koʻringan xaridorlardan hujjat talab qilishi shart. Hujjat boʻlmagan taqdirda –unga mahsulot sotilmasligi kerak.

Alkogol va tamaki mahsulotlari upakovkasida ushbu mahsulotning sogʻliqqa zararli ekanligi haqida tibbiy ogohlantirish boʻlmagan taqdirda ham, ularni sotuvga chiqarish taʼqiqlanadi.

Ushbu qoidalar nafaqat doʻkonlarda, balkim oshxona, restoran, kafe va avtomatik mahsulot sotish moslamalarida ham amal qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala