Qrimga birinchi AQSh delegatsiyasi keldi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishQrim, Yalta
Qrim, Yalta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz Qrimda haqiqatdan nima bo‘layotganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib aytib berish uchun keldik”, - dedi delegatsiya rahbari Sheron Tennison.

TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. AQSh “Fuqarolar tashabbusi markazi” prezidenti Sheron Tennison boshchiigidagi delegatsiya Qrimga yetib keldi. Delegatsiya tarkibiga o‘nlab amerika ijtimoiy arboblari va sobiq amaldorlari kirgan.  

AQSh vakkillarini Simferopol aeroportida iliq kutib olishdi. Ular birinchi bo‘lib Simferopol shahar kengashi rahbari Viktor Ageyev va ma’muriyati rahbari Gennadiy Baxarev bilan uchrashishdi.

“Dastavval sizlarning botirligingizni tan olishga ruxsat bering. Aynan bizning bugungi kundagi sharoitimizda fuqaro tashabbuslari naqadar muhim ekanligini biz yaxshi tushunamiz. Umid qilamizki, har bir Qrim fuqarosi, dini va millatidan qat’iy nazar birgalikda Yangi Qrim qurayotganiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz”, — dedi Baxarev uchrashuv davomida.

Qrim ma’muriyati chet el delegatsiyalari bilan ochiq muloqotda bo‘lishga tayor.

Sheron Tennison ham o‘z navbatida Simferopol ma’muriyatiga minnatdorchilik bildirdi. “Men ham bunday qabuldan boshim osmonga yetdi. Shuni tan olish kerak-ki, men o‘zim bilan mumkin bo‘lgan eng yaxshi delegatsiyani olib keldim. Bu ayol va erkaklar oldin amerika hukumatida yuqori lavozimlarni egallagan. Biz mamlakatlarimiz orasida yaxshi munosobatlar o‘rnatmoqchimiz. Biz Qrimda haqiqatdan nima bo‘layotganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib aytib berish uchun keldik”, — dedi Tennison.

Qrim va Sevastopol Rossiya tarkibiga 2014-yilda o‘tkazilgan referendumdan keyin kirdi. Rossiyaga qo‘shilish fikrini Qrimning 96,77 % aholisi qo‘llab quvvatladi. Ukraina haligacha Qrimni o‘zining vaqtincha bbosib olingan hududi  deb hisoblaydi.

Rossiya TIVi bir necha bor Qrim aholisi o‘z ixtiyori bilan, referendum asosida, xalqaro huquq va BMT Nizomiga amal qilgan holda Rossiyaga qo‘shildi deb ta’kidlashiga qaramasdan, G‘arb mamalkatlari referendum natijalarini tan olmadi, Rossiyaga va Qrim respublikasiga qarshi sanksiyalar kiritdi.  

Yangiliklar lentasi
0