Dunyoda

Charlie Hebdo Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ni "qari alvasti” deb atadi

Oʻzining janjalli karikaturalari bilan mashhur Charlie Hebdo Britaniyaning YEIdan chiqishi munosabati bilan oʻtkazilgan referendum mavzusiga ham munosabat bildirishni unutmadi.

TOSHKENT, 25 iyun – Sputnik. Frantsiyaning hajviy nashri — Charlie Hebdo Britaniyada oʻtkazilgan referendum mavzusiga karikatura eʼlon qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Nashrda eʼlon qilingan karikaturalarning birida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II tasvirlangan boʻlib, surat tagiga “qari alvasti” deb yozib qoʻyilgan.

Yana bir karikaturada Buyuk Britaniya “xotini”- Yevropa Ittifoqidan voz kechib, “onasi” uyiga qaytgan er qiyofasida tasvirlangan. “Ona” tasvirida britaniyalik keksa kampir, ehtimol, qirolichaning oʻzi tasvirlanganini taxmin qilish mumkin.

Dinga qarshi siyosat olib boruvchi nashr oʻzining haqoratomuz karikaturalari “qahramonlari” sifatida katolik cherkovlar kardinallari, Rim papasi va davlat rahbarlarini tanlaydi. Ammo jurnalni dunyoga mashhur qilgan karikatura — bu Muhammad paygʻambarning suratlari boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Charlie Hebdo tahririyatiga oʻtgan yilning 7 yanvarida hujum uyushtirilgan edi. Qurollangan ikki jinoyatchi tahririyatga bostirib kirib, odamlarga qarata oʻq ochgan. Natijada 12 kishi halok boʻlgan, jinoyatchilar voqea joyidan qochishga muvaffaq boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala