Ibrohim Xudoyberdiyev: Rossiyada Migratsiya bo‘yicha Kodeks qabul qilinishi kerak

Obuna bo‘lish
Rossiyadagi o‘zbeklar va o‘zbekistonliklar Kongressi yetakchisi Ibrohim Xudoyberdiyev Rossiya Davlat dumasiga deputat bo‘lib saylangan taqdirda migratsiya siyosatida Rossiya manfaatlariga xizmat qiluvchi islohotlar o‘tkazilishiga hissa qo‘shish niyatida.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik, Anastasiya Aleksandrova. Rossiyadagi O‘zbeklar va o‘zbekistonliklar kongressi yetakchisi Rossiya Davlat Dumasiga saylovlarda ishtirok etishini ma’lum qildi.

Umumrossiya O‘zbeklar va o‘zbekistonliklar kongressi yetakchisi 21-iyun kuni Moskvada "Rodina" partiyasidan nomzodlar forumida ishtirok etgan. Forum doirasida, shuningdek, Xudoyberdiyev va "Rodina" partiyasi rahbari Aleksey Juravlov uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

"Rossiyadagi O‘zbeklar va o‘zbekistonliklar kongressi vatanparvar uyushma bo‘lib, mamlakatda millatlararo totuvlik va ijtimoiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlab turishni o‘zining eng asosiy maqsadlaridan biri deb biladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin siyosati bizga juda yaqin. Shaxsan men, Rossiya Dumasiga saylanadigan bo‘lsam, migratsiya siyosatida davlat manfaatlariga xizmat qiladigan islohotlar o‘tkazilishi uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilaman. Shuningdek, bor harakatimni radikalizm, fundamentalizm va ekstremizmning oldi olinishiga qarataman", deb ta’kidladi Ibrohim Xudoyberdiyev.

"Juravlev, shuningdek, Rossiyadan deportatsiya qilingan mehnat migrantlariga nisbatan qonun darajasida amnistiya e’lon qilish tashabbusi bilan chiqishni, ularga o‘z aybini mehnat orqali yuvish imkonini berish zaruratini qo‘llab-quvvatladi", — deb qo‘shimcha qildi Xudoyberdiyev.

O‘z fikri yakunida Xudoyberdiyev Rossiyada Migratsiya qonunchiligi yaratilishi zarurligi, u migratsiya siyosiy aspektlari o‘z ifodasini topgan qonunchilik akti to‘plami bo‘lishi kerakligini bayon etdi.

Yangiliklar lentasi
0