Ramazon hayiti 6-iyulda nishonlanadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq 2016-yil 6-iyul dam olish kuni deb belgilandi.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Ramazon hayiti yurtimizda 6-iyulda keng nishonlanadigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2016-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 6-iyul chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini e’tiborga olib, 2016-yil 6-iyul dam olish kuni deb belgilash va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlash to‘g‘risida Farmon e’lon qilindi.

Davlatimiz rahbari Ramazon hayitini joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tkazilishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish vazifasini Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari va boshqa mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari zimmasga yukladi.

Yangiliklar lentasi
0