Dunyoda

Turk generali: Rossiyani tanqid qilishga AQShning nima haqqi bor?

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Mediabankka oʻtishVarshavadagi NATO sammiti
Varshavadagi NATO sammiti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
8 iyul kuni Polsha Poytaxti Varshavada NATO sammiti boshlandi. Ekspertlarning soʻzlariga qaraganda, ushbu yigʻilish asnosida Yevropada yangi harbiy-siyosiy holat shakllanmoqda. Alyansning oʻzi Yevropada yuzaga kelgan bugungi ahvolga Rossiya sababchi, degan fikrni ilgari surmoqda.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Shu kechayu-kunduzda Yevropa va butun dunyoda vaziyatning keskin tus olishida Rossiya Federatsiyasini aybdor qilish — bu mantiqsizlikning oʻzginasi, dedi Sputnik radiosi efirida Turkiya Harbiy Kuchlari isteʼfodagi harbiy generali Xaldun Solmazturk.

8 iyulda Varshavada boʻlib oʻtadigan NATO sammiti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
NATO sammiti: alyans Moskvadan boʻladigan "xatar"ga javob topishga urinmoqda
Kuni kecha Polsha Poytaxti Varshavada NATO sammitiga start berildi. Ekspertlarning soʻzlariga qaraganda, ushbu yigʻilish asnosida Yevropada yangi harbiy-siyosiy holat shakllanmoqda. Alyansning oʻzi Yevropada yuzaga kelgan bugungi ahvolga Rossiya sababchi, degan fikrni ilgari surmoqda. Ammo Turkiya HK piyoda qoʻshinlari isteʼfodagi harbiy generali, Turkiya HK Bosh shtabining xalqaro xavfsizlik masalalari boʻyicha sobiq Boshqarma rahbari Xaldun Solmazturk bu fikrga keskin qarshi.

"Rossiya Federatsiyasini Yevropada vaziyat keskin tus olishida aybdor qilish — har qanday mantiqdan mosuvo qilingan harakatdir. Bugungi kunda Ukrainadagi vaziyat bir qator davlatlarni havotirga solmoqda. Ammo Ukrainada yuz bergan inqiroz faqat "oq va qora"dan iborat emas. Nahotki, oʻz vaqtida Gruziyada yuz bergan inqirozga ham Rossiya sababchi boʻlgan boʻlsa? Bu kabi taʼkidlarga, hatto, bolalar ham ishonmaydi. Har qanday bahona bilan Rossiyani qoralashga urinayotganlarga bir savolim bor: nahotki Moskva butun dunyodagi geosiyosiy ahvolni ziddiylashtirayotgan boʻlsa? 2002 yilda ballistik raketalarga qarshi mudofaa toʻgʻrisidagi shartnomadan Rossiya rasman chiqqanmidi? Yoʻq! Aynan Qoʻshma Shtatlar chiqqan edi. Shunday ekan, endi AQShning Rossiyani tanqid qilishga nima haqqi bor?", — dedi Xaldun Solmazturk Sputnik radiosi efirida.

Isteʼfodagi general, shuningdek, Rossiya bugungi kunda Suriyada konstruktiv rol oʻynayotganini, barcha mamlakatlarga chang solishga urinayotgan xavfni bartaraf etish uchun bor kuchini sarflayotganini eslatib oʻtdi va Gʻarb madavlatlari uning bu urinishlarini nimagadir "sezmaganlikka" olishni maʼqul koʻrishayotganini qoʻshimcha qildi.

"Rossiya bugungi kunda AQSH va koalitsiyaning boshqa ishtirokchilarini Suriyada terrorchilikka qarshi kurash olib borishga chaqirmoqda. Ammo, NATO davlatlari, bu konstruktiv chaqiriqni qoʻllab-quvvatlab, terrorchilikka qarshi samarali kurashishga oʻtish oʻrniga, afsuski, tushunarsiz bir sxemada ish olib borishni maʼqul koʻrdilar. Ular vaqtni boy bermayapti, Rossiyaga qarshi ishlatsa boʻladigan kichik bir vaj topilsa boʻldi, u shu ondayoq boʻrttirib koʻrsatilmoqda. Aynan mana shu narsa bugungi kunda Yevropada va butun dunyoda vaziyatni keskinlashtirmoqda", — deb hisoblaydi Xaldun Solmazturk.

Yangiliklar lentasi
0