Hindlar Trampga ko‘k choy sovg‘a qildi va "aqlingizni tozalab oling" deb tilak bildirdi

© Sputnik / Nikita Shoxov / Mediabankka o‘tishAQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindistonning TE-A-ME kompaniyasi "idrokini tozalab olishi" uchun bir AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampga bir partiya ko‘k choyni sovg‘a tarzida yo‘llagan.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Hindistonning choy ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri janjalkash siyosatchi, o‘zining qarama-qarshi chiqishlari bilan mashhur milliarder Donald Trampni ko‘k choy yordamida o‘zgartirmoqchi, deb xabar qilgan RIA Novosti.

"Donald Tramp butun dunyoni — meksikaliklarni, musulmonlarni, yahudiylarni, qoratanlilarni, ayollarni, immigrantlarni, geylarni, demokratlarni va hatto, jin ursin, respublikachilarning o‘zlarini ham notinchlantirdi. Biz uni to‘xtata olmaymiz, ammo, balki, biz uni o‘zgartira olarmiz?", — deyiladi kompaniyaning YouTube da joylashtirilgan videoroligida.

Shov-shuvli chiqishlari, qarama-qarshi fikrlari va janjalkashligi bilan mashhur siyosatchini kompaniya ko‘k choy yordamida o‘zgartirmoqchi. Olti ming dona paketchali choy bugun ertalab milliarderning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohi joylashgan Trump Tower binosiga yuborilgan.

Milliarder Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Donald Trampning eng yorqin iboralari
"Qadrli janob Tramp, Hindistondan namaste, bizlar sizga ko‘p-ko‘p tabiiy ko‘k choy yubormoqdamiz. U zararli radikallardan himoyalaydi, idrok va tanani tozalashga hamda sog‘liq balansini tiklashga yordam beradi. Ko‘k choy odamni aqlliroq qilishi ham isbotlangan. Iltimos, janob Tramp, choy iching. O‘zingiz, Amerika va butun dunyo uchun", — deyiladi maktubda.

Tramp Hindistondan yuborilgan sovg‘ani qabul qilgan-qilmagani rolikda aytilmagan.

Yangiliklar lentasi
0