Dunyoda

Jon Kerri AQSH va Rossiya "dunyoga foyda keltirishi mumkin" deb aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti V. Putinning AQSH Davlat kotibi J. Kerri bilan ishchi uchrashuvi
Rossiya prezidenti V. Putinning AQSH Davlat kotibi J. Kerri bilan ishchi uchrashuvi - Sputnik Oʻzbekiston
"AQSH prezidenti va men Qoʻshma Shtatlar va Rossiya ayni paytda dunyoga koʻp foyda keltirishi mumkin, degan fikrdamiz", - deb taʼkidladi AQSH Davlat kotibi Jon Kerri Vladimir Putin bilan uchrashuvda.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. AQSH Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda AQSH va Rossiya ayni vaqtda dunyo uchun, jumladan Suriya va Ukraina uchun ham koʻpgina foydali ishlarni amalga oshirishi mumkin, deb aytdi. RIA Novosti xabari asosida.

"Yana bir bor aytib oʻtmoqchiman, prezident Obama va men ayni vaqtda AQSH va Rossiya dunyo uchun chinakam foyda keltiradigan koʻp ishlarni amalga oshirishi mumkin, degan fikrdamiz. Bu yerda gap nafaqat Suriya yoinki Ukraina davlatlari, balki biz jiddiy zafarlar quchishimiz mumkin boʻlgan boshqa sohalar haqida ham bormoqda", — deb taʼkidladi Kerri.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSH davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuvi Kremlda boʻlib oʻtmoqda. Muzokaralar davomida Suriya, Ukraina hamda ikkiyoqlama munosabatlar masalasi koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala