Hodisalar

Qarshi – Buxoro trassasidagi koʻprikning bir qismi quladi

© "Voditeli Tashkenta"Qarshi - Buxoro trassasida koʻprikning bir qismi quladi
Qarshi - Buxoro trassasida koʻprikning bir qismi quladi - Sputnik Oʻzbekiston
16 iyul, shanba kuni xalqaro ahamiyatga molik A380 avtoyoʻlining 185-kilometrida joylashgan koʻprikning bir qismi qulab tushgan. Koʻprik Amu-Buxoro kanali ustidan oʻtgan boʻlib, Qorovulbozor-Buxoro yoʻnalishida joylashgan. Jabrlanganlar haqida maʼlumot hozircha yoʻq.

TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. 16 iyul, shanba kuni Koʻprik Amu-Buxoro kanali ustidan oʻtganQorovulbozor — Buxoro yoʻnalishida joylashgan koʻprikning bir qismi qulab tushdi, deb xabar qilmoqda UZ24.

Nashrda yozilishicha, hodisa joyida suratga olingan suratlar internet tarmogʻida paydo boʻlgach, "Oʻzavtoyoʻl" davlat aktsiyadorlik kompaniyasi A380 "Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov" avtoyoʻlining 185-kilometridagi koʻprikning bir qismi qulaganini tasdiqlagan.

"Koʻprikning besh tiragichi oraliqlaridan biri tushib ketgan, buning oqibatida 1961 yilda qurilgan inshootning toʻsinlari qulagan. Jabrlanganlar haqida maʼlumot yoʻq", — deb xabar bergan nashr.

Taʼkidlanishicha, yengil avtomashinalar koʻprik ustidan harakatlanishda davom etadi, yuk mashinalari esa 25 kilometr ortiqcha yoʻl bosib koʻprikni aylanib oʻtadi. Taʼmirlash ishlari tez orada yakunlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala