Dunyoda

Turkiyadagi isyon: Tramp hayratda, Pens esa "bu Obama siyosatining natijasi", deb aytdi

© Sputnik / Nikita Shoxov / Fotobankka oʻtishMilliarder Donald Tramp
Milliarder Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp Turkiyadagi isyon "bu qadar tez" roʻy berganidan oʻz hayratini yashirmayapti.

TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Turkiyada davlat toʻntarishini amalga oshirishga urinish harakatlari oʻta shiddat bilan roʻy berdi, deb taʼkidlamoqda respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp. RIA Novosti xabari asosida.

AQSH prezidentligiga nomzod Xilari Klinton va AQSH prezidenti Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xillari Klinton Tramp AQSH prezidenti boʻlishga yaroqsiz, deb aytdi
"Prezident boʻlsam Turkiyani ittifoqdoshga aylatirish uchun harakat qilaman. Va ittifoqdoshlarni hamisha qoʻllab-quvvatlayman", — dedi Tramp jurnalistlarning Turkiyani qoʻllab-quvvatlaysizmi, degan savoliga javoban.

Shu bilan birga milliarder isyonning bu qadar tezlikda amalga oshirilganidan "hayratda" ekanligini maʼlum qilgan.

Oʻz navbatida, Indiana shtati gubernatori Maykl Pens boʻlib oʻtgan hodisada Xillari Klintonni aybdor qilgan.

"Bu masala AQShning dunyodagi roli susaygani bilan bogʻliqligiga shubha qilmayman. Nitstsadagi mudhish terakt, AQShdagi hujumlar, Turkiyadagi — davlat toʻntarishiga olib kelgan nostabil ahvolni koʻrib turib, bularning barchasi Xillari Klinton va Barak Obamaning oʻzgalar ketida turib amalga oshirgan siyosati natijasi, degan fikrga boraman", — deya bayonot qilgan Pens.

Eslatib oʻtamiz, AQSH prezidentligiga saylovlar 8 noyabr kuni oʻtkaziladi. Hozirda prezidentlik poygasida Xillari Klinton yetakchilik qilmoqda. Maʼlumotlarga qaraganda Xillari uchun amerikaliklarning — 45,5%i, Tramp uchun esa — 32,9%i ovoz bergan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala