Jamiyat

Oʻzbekiston va Koreya ochiq dasturiy taʼminotni rivojlantirish boʻyicha memorandum imzoladi

© Inha University in Tashkent Oʻzbekiston va Koreya erkin va ochiq dasturiy taʼminotni rivojlantirish boʻyicha memorandum imzoladi
Oʻzbekiston va Koreya erkin va ochiq dasturiy taʼminotni rivojlantirish boʻyicha memorandum imzoladi - Sputnik Oʻzbekiston
Memorandum erkin va ochiq dasturiy taʼminot (EODT)dan foydalanishni va oʻqitishni ragʻbatlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik asoslarini yaratib, mazkur yoʻnalishda muhandislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Koreya Respublikasi axborot texnologiyalari sanoatini ragʻbatlantirish milliy agentligi (NIPA), Koreya Savdo va Investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash agentligi (KOTRA), «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va Toshkent shahridagi INHA universiteti oʻrtasida erkin va ochiq dasturiy taʼminot (EODT)ni rivojlantirish boʻyicha memorandum imzolandi. Bu haqda Toshkent shahridagi INHA universiteti matbuot xizmati xabar qilgan.

Hujjat «NIPA» Prezidenti Yun DjongLok, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi direktori Sherzod Habibullayev, TATU rektori Oʻtkir Hamdamov va IUT rektori Sherzod Shermatov tomonidan imzolandi. Mazkur memorandum erkin va ochiq dasturiy taʼminot masalalari boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Koreya forumidagi davra suhbati natijalariga koʻra imzolandi.

Memorandum EODTdan foydalanishni va oʻqitishni ragʻbatlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik asoslarini yaratib, mazkur yoʻnalishda muhandislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Tomonlar elektron hukumat tizimida EODTni joriy etish hamda turli treninglarni tashkillashtirish orqali kadrlarni tayyorlash boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala