Rossiyalik sayohatchi havo sharida yer sharini aylanib chiqish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVozduxoplavateli gotovatsya k poletam na vozdushnix sharax
Vozduxoplavateli gotovatsya k poletam na vozdushnix sharax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
64 yoshli Rossiyalik sayohatchi Fedor Konyuxov o‘z sayohatini 12-iyul kuni Avstraliyaning g‘arbiy qirg‘ig‘idan boshladi.

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Fedor Konyuxov havo sharida yer sharini aylanib chiqish bo‘yicha rekord o‘rnatdi, RIA Novosti xabariga asosan.

64 yoshli Rossiyalik sayohatchi Fedor Konyuxov o‘z sayohatini 12-iyul kuni Avstraliyaning g‘arbiy qirg‘ig‘idan boshladi. U amerikalik sayohatchi Stiv Fossetning 13 kunlik rekordini 11 kunlik rekord bilan yengishga bel bog‘lagan.

Konyuxov shanba kuni, rekord o‘rnatish uchun kerak bo‘lgan eng oxirgi nuqtani kesib o‘tdi. Endi sayohatchi yarim tunga qadar Avstraliya qit’asida qo‘nishi kerak. Qo‘nish maydonchasi Avstraliya g‘arbidagi “bug‘doyli belbog‘” maydonida belgilangan.  

Jamoa a’zolaridan biri bo‘lgan sayohatchining o‘g‘li Oskar Konyuxov otasining yutug‘ini mo‘jiza deb atadi.

Yangiliklar lentasi
0