Dunyoda

Oʻzbekiston Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan IHT majlisida qatnashadi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Fotobankka oʻtishVid goroda Er-Riyad - stolitsы Saudovskoy Aravii
Vid goroda Er-Riyad - stolitsы Saudovskoy Aravii - Sputnik Oʻzbekiston
Islom Hamkorligi tashkiloti 1969 yilda, islom davlatlari orasida ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy hamfikrlik uyushtirish uchun tashkil qilingan edi.

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston delegatsiyasi 25-28 iyulda Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan Islom Hamkorligi tashkiloti majlisida qatnashadi, TIV xabariga asosan.

“Abdulaziz Komilov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Jiddada boʻlib oʻtadigan IHTning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalar komissiyasining 39-kengashida qatnashadi”, — deyilgan Tashqi Ishlar vazirligi xabarida.

TIV xabarga koʻra, tashrif davomida Oʻzbekiston delegatsiyasining IHT rahbariyati hamda Saudiya Arabistoni TIVgi bilan uchrashuv oʻtkazishi kutilmoqda.

Islom Hamkorligi tashkiloti 1969 yilda, islom davlatlari orasida ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy hamfikrlik uyushtirish uchun tashkil qilingan edi. Tashkilotga 57 mamlakat aʼzo. Rossiya ushbu tashkilotda 2005 yildan buyon kuzatuvchi maqomiga ega.

2015 yilning may oyida El-Quvaytda boʻlib oʻtgan uchrashuvda, IHT Tashqi Ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvini Toshkentda oʻtkazishga va 2016 yilda tashkilotga raislik navbati Oʻzbekistonga oʻtishiga kelishib olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala