O‘zbekistonda paxta dalalari hajmi 10% ga kamayadi

Obuna bo‘lish
Paxtadan ozod bo‘lgan maydonlarda esa, yangi texnologiyalar asosida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirila boshlaydi.

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Ushbu yilda ekin maydonlaridan foydalanish samrasini oshirish maqsadida, paxta ekiladigan dalalar maydoni 30,5 ming gektarga kamaytiriladi. Ushbu maydonlar asosan hosildorligi kam bo‘lgan yerlar hisobiga amalaga oshiriladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi.  

Paxta xom ashyosi ishlab chiqarish hajmi yaqin yillarda 350 ming tonnaga kamayib, 3 mln tonnani tashkil qiladi.

Paxtadan ozod bo‘lgan ekin maydonlarida, birinchi navbatda kartoshka, sabzavotlar, ozuqa ekinlari, moy ishlab chiqarishga kerak bo‘ladigan o‘simliklar, bog‘lar va uzumzorlar yaratiladi.

Ekin maydonlarining samaradorligini oshirish va zamonaviy qishloq xo‘jalik texnoligiyalarini kiritish natijasida, 2020-yilga kelib donli mahsulot yetishtirish hajmini 16,4 %ga, kartoshka yetishtirish hajmini 35%ga, boshqa sabzavotlar hajmini 30% ga, meva va uzum yetishtirish hajmini 21,5 %, go‘sht hajmini 26,2 %ga sut hajmini 47,3 %, tuxum 74,5 %, baliq hajmini esa 2,5 baravarga oshirish rejalashtirilgan.

Fermer xo‘jaliklari soni 17,6 mingtaga oshib, O‘zbekistonda fermerlarning umumiy soni 101 ming kishini tashkil qildi.

2016 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston meva va sabzavotlar eksporti hajmini 30% ga oshirib – 354 ming tonnaga yetkizdi.

Umumiy eksport qilingan mevalar hajmining 270 ming tonnasini sabzavotlar, 130 ming tonnasini uzum, 1,3 ming tonnasini poliz mahsulotlari tashkil qildi. Vazirlik rasmiy xabariga ko‘ra, umumiy eksportning 60-65% Rossiyaga eksport qilingan mahsulotlar tashkil qilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilga qadar O‘zbekistonda 170,5 ming  gektar sug‘oriladigan yerlar paxtadan ozod qilinadi. Ushbu maydonlar asosan sho‘rlagan va tog‘li hududlarga yaqin bo‘lgan, paxta ekishga yaroqsiz yerlardir.  

 

Yangiliklar lentasi
0