Jamiyat

Beeline va Ucell 1 avgust kuni SMS va Internet xizmatlarini vaqtincha oʻchiradi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishUyali telefon
Uyali telefon - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda 1 avgust kuni uyali aloqa operatorlarining SMS va mobil internet xizmatlari 8.30dan 13:30ga qadar taqdim etilmaydi. Ovozli aloqa esa cheklovlarsiz ishlashi aytilmoqda.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Beeline va Ucell kompaniyalari rasmiy saytida bu haqdagi ogohlantirish 29 iyul kuni joylashtirilgan.

"Profilaktik ishlar oʻtkazilishi munosabati bilan 2016 yil 1 avgust kuni soat 8:30dan 13:30ga qadar SMS, MMS va Internet xizmatlari vaqtincha taqdim etilmaydi", — deya xabar qilingan beeline saytida.

Sal keyinroq xuddi shu mazmundagi xabarnomalar boshqa operatorlar tomonidan ham yuborilishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 1 avgust kuni Oʻzbekistonning barcha OTMlariga kirish uchun test imtihonlari boʻlib oʻtadi.

Shu munosabat bilan Toshkent shahrining ayrim koʻchalarida harakat cheklanadi. Avtobuslar va metropoliten esa tonggi 4:30dan ish boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala