TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Toshkentning Rossiyalik turistlar orasida ommaviyligi oshmoqda. RoomGuru xabariga koʻra, ushbu yilning birinchi yarmida, Toshkent Rossiya turistlari orasida eng ommaviy boʻlgan MDH shaharlari 10 ligiga kirdi.
Mehmonxona bron qilish internet xizmati yozishicha, Oʻzbekiston poytaxtida mehmonlar odatda 2,5 kunga kelishadi va nomer uchun kuniga oʻrtacha 2400 rubl toʻlashadi.
MDH shaharlari orasida eng qimmat shahar bu Ostona hisoblanadi, bu yerda mehmonxonalar narxi 3,5 ming rublni tashkil qiladi. Eng arzon shahar esa Beshkek – bu yerda oʻrtacha narx – 1900 rubl.
Eng ommaviy 10 shahar roʻyxatiga shuningdek Minsk, Olma-Ota, Baku, Yerevan, Kiyev, Vitebsk va Kishinev ham kirdi.