Jamiyat

Times gazetasi Sputnik va RTga hasad qilmoqda

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka oʻtishSputnik radio studiyasi
Sputnik radio studiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻtgan dam olish kunlarida, Times sahifalarida Sputnik axborot agentligi va Russia Today telekanalini tanqid qiluvchi yettita maqola paydo boʻldi.

TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi deputatlari va Federatsiya kengashi vakillari Timesning ushbu faoliyatini – Rossiyaga qarshi rejalashtirilgan aktsiya deb baho berishdi.

Ularning fikriga koʻra,  Times behudaga Sputnik va RT sahifalaridan ikkiyoqlama fikrlar va yolgʻon maʼlumotlar izlab topishga harakat qilgan. Oxirida, esa ular ushbu axborot agentliklari faoliyatiga “Putinning axborot urushi” deb baho bergan.

Dumaning Axborot  siyosati, axborot texnologiyalari va  aloqalar boʻlimi boshligʻi Andrey Tumanovning fikriga koʻra  RT va Sputnik ustidan yogʻilgan tanqid – bu rejalashtirilgan aktsiya.

“Buning rejalashtirilgan ishligi koʻrinib turibdi. Odatiy tadqid har zamonda bir marta boʻlishi mumkin. Doimiy ravishda amalga oshirilayotgan tanqid esa —  maʼlum maqsad uchun oldindan rejalashtirilgani aniq. Shuning oʻzi ham bunday tanqidga ishonchni yoʻqotadi”, — dedi Tumanov RIA Novostiga.  

“Goʻyoki gʻarb nashrlari oʻz rahbariyatining fikrini bildirmaydigandek. Kechirasiz-u lekin ular Rossiyaga qarshi yanada agressiv shaylangan-ku”, — deb qoʻshimcha qildi deputat.

Tumanovning fikriga koʻra gʻarb nashrlari nafaqat oʻz dushmanlariga, balkim ular oʻz doʻstlariga qarshi ham axborot urushi olib bormoqda, deb hisoblaydi Tumanov.

“Har qanday nuqtai nazar subʼyektiv boʻlgani sababli, men odatda bir necha manbaadan berilgan axborotni solishtiraman. Koʻp hollarda menda Russia Today telekanali nuqtai nazari — ishonch uygʻotadi”, — deb soʻzini yakunladi deputat.    

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Buyuk Britaniyada Sputnik axborot agentligi va "Russkiy mir" fondi vakolatxonalari ochilgan edi. Shundan keyin Britaniyaning barcha axborot agentliklarida Sputnik haqida tanqidiy maqolalar paydo boʻldi.

“Times hamma tanqid qilganda, jim turib boshqalardan ajralib qolmaslik uchun ham tanqid qilgan boʻlishi mumkin”, — deb hisoblaydi Federatsiya Kengashi jamiyatda axborotni rivojlantirish komissiyasi rahbari Lyudmila Bokova.   

Vakolatxonalar ochilishida qandaydir yashirin maʼnolar yoki sabablar qidirish befoyda, chunki Rossiya va Buyuk Britaniya bir necha yuz yillik madaniy munosobatlar tarixiga ega. Britaniyada juda koʻp rus tilida gaplashadigan odamlar yashaydi. Ularga rus tilida nashr etiladigan axborot manbaalari, adabiyotlar, maktablar kerak, — deb hisoblaydi Bokova. 

“Edinburg aholisiga buyuk rus madaniyati va urf odatlari bilan tanishish qiziq boʻladi. Bu faqatgina bizning munosobatlarimizni boyitadi va rivojlantiradi”, — dedi Bokova.

Agar Yevropa nashrlari Sputnik va RT haqida yomon soʻzlar aytishni boshlagan ekan, demak Rossiya axborot agentliklari ularning hurmatini qozonishga muvaffaq boʻlishgan, deydi LDPR deputati Vadim Dengin.

“Buning uchun bizning axborot agentliklarimizdan faqat xursand boʻlishimiz mumkin. Demak ular yaratayotgan kontent raqiblarning hurmatini qozongan va ularning oʻzlari bilan hisoblashishga majbur qilgan”, — dedi Dengin, RIA Novosti muxbiriga.  

Shu bilan bir vaqtda, bir narsani esdan chiqarmaslik kerak, Rossiya jurnalistlarini tanqid qilayotgan Yevropalik jurnalistlarning oʻzi — butunlay boshqacha fikrda boʻlishi mumkin. Bu ularga tepadan berilayotgan buyutma boʻlishi mumkin xolos.

Rossiyaning chet tillarida nashr etilayotgan axborot manbaalari oxirgi yillarda rivojlanib, jugʻrofiy jihatdan kengayib,  qiziqarliroq, yanada kreativ  boʻlib  bormoqda”, — deydi deputat.

Yangiliklar lentasi
0