Dunyoda

AQShning yangi atom bombasi nimaga qodir

© ENERGY.GOVTestovыy maket novoy atomnoy bombы B61-12
Testovыy maket novoy atomnoy bombы B61-12 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQSH V61-12 aviabombasini yangilaganini eʼlon qildi. Jurnalistlar yangi bomba nimalarga qodir ekanini bilan qiziqdi.

TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. AQSH yadro xavfsizligi milliy boshqarmasi (NNSA) yangilangan B61-12 atom bombasi ishlab chiqarishga tayorgarlik boshlanganini eʼlon qildi. Rossiyalik mutaxassislar ushbu xabardan keyin yangi bomba qanday xavf tugʻdirishi va undan qanday himoyalanish mumkinligini oʻrganmoqda.

AQShning V61 rusumli termoyadroviy bombasi 1960 yillarda ishlab chiqarila boshlagan. NNSA xabariga koʻra, ushbu yangilash bombaga AQSH qurolli kuchlari safida yana 20 yilga qolish imkonini beradi.

B61ning yangilash jarayoni toʻrt yil davom etdi. Ushbu bomba strategik bombardimonchi samolyotlar, yaʼni oʻta uzoq masofaga uchuvchi va taktik samolyotlar (yaqin masofaga uchuvchi) yordamida qoʻllanishi mumkin.  

2020 yildan boshlab AQSH B61-12 bombalarni Yevropadagi harbiy bazalarda joylashtirishni rejalashtirgan. Hozirgi kunda ushbu bazalarda bombaning eski modeli saqlanmoqda.

Harbiy fanlar doktori, Geopolitika muammolari akademiyasi prezidenti Konstantin Sivkovning soʻzlariga qaraganda  B61-12 juda tez orada yevropadagi bazalarda paydo boʻlishi mumkin, chunki bomba toʻliq qayta ishlanmasdan, faqat uning tashqi qobigʻi yangilangan xolos.

Sivkovning soʻzlariga qaraganda, bombaning yangi modifikatsiyasi maqsadga juda aniq tushishi bilan farq qiladi. Bir necha kilometr balandlikdan tashlangan bomba koʻrsatilgan maqsaddan bir necha metrda tushishi mumkin. Bu asosan chuqur yer ostida joylashgan, yaxshi himoyalangan qoʻmondonlik boshqaruv punktlarini yoʻq qilish uchun kerak. Ularni faqat  aniq  tushgan atom bombasi yordamida yoʻq qilish mumkin.

Rossiya tomonidan bunga javoban faqat bir chora boʻlishi mumkin – “Iskander” raketa majmuasi uchun yadroviy jangovor qism yaratish. Mutaxassis fikriga koʻra, bundan boshqa samarali “javob” yoʻq.

Federatsiya Kengashining Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi rahbari Viktor Ozerovning soʻzlariga qaraganda, qurol-yarogʻni yangilash – xalqaro huquq normalariga zid emas, lekin yangi qurol AQSH va Rossiya orasidagi yadroviy tenglikni buzishi mumkin. Bizning mutaxassislar yangi bomba tugʻdirayotgan xavflarni oʻrganib chiqib, zarurat boʻlsa, unining zararini kamaytiruvchi choralar ishlab chiqishadi, dedi Ozerov.  

Yangiliklar lentasi
0