Iqtisod

Oʻzbekiston banklari davlat ulushini sotishga harakat qilmoqda

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston bank tizimi – sarmoyalar uchun eng “qiziq” yoʻnalishlardan biri deb hisoblaydi mutaxassislar.

TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Oʻzbekistonning barcha tijorat banklari oʻzlarining 15 % ustav sarmoyasini sotish haqida xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar olib bormoqda, Markaziy bank xabariga asosan.

Bank mutaxassisi soʻzlariga qaraganda, bunday yoʻl bilan bank tizimini xususiylashtirishning keyingi bosqichiga qadam qoʻyiladi va ushbu qadam respublikadagi barcha banklarni qamrab olishi kerak.

 

“Chet el sarmoyalarini chorlash — bank tizimiga eng zamonaviy texnologiyalarni jalb qiladi. Bu esa oʻz navbatida bank xizmatlari sifatini va bank boshqarish darajasini  yanada oshirish imkonini beradi”, — dedi mutaxassis.

Bank xodimining soʻzlariga qaraganda Oʻzbekiston bank tizimi bugungi kunda iqtisodiyotning sarmoya uchun eng “qiziq” sektori boʻlib qolmoqda.  Oʻzbekiston banklari kapitallarining doimiy oʻsib borishi dunyoda roʻy berayotgan istisodiy qiyinchiliklarning milliy iqtisodga taʼsirini kamaytirdi. Oxirgi besh yil davomida banklarning umumiy mablagʻi 2,4 marotaba oʻsdi. Faqat oʻtgan yil hisobida oʻsish 23,3 foizni tashkil qildi. 2015 yil yakunlariga koʻra, banklarning kapitallashtirish darajasi  23,6 % ni tashkil qildi. Bu esa Bazel qoʻmitasi belgilaganidan uch baravar koʻp.

Ayrim banklar oʻz aktsiyalarini xorijiy birjalarda joylashtirishdi. Masalan uch oʻzbek banki bu borada Janubiy Koreya fond birjasi bilan hamkorlik qilmoqda.

“Xalqaro savdo maydonchalarining oʻz qoidalari bor. Qachon biz ularning barcha talablarini bajarsak, keyin ular bizga aktsiyalarni sotuvga chiqarishga ruxsat beradi”, — deydi mutaxassis.

Hozircha maʼlum boʻlgan xabarlarga qaraganda, Janubiy Koreya birjasida aktsiyalarini chiqarish huquqiga ega boʻlgan dastlabki banklar quyidagilar boʻladi: "Asaka bank", "QishloQ qurilish bank", "Agrobank", "Ipoteka bank", "Mikrokreditbank".

Ularning barchasining ustav kapitalida davlat ulushi bor. Prezident qaroriga koʻra ushbu ulushning 15% chet ellik sarmoyadorlarga sotilishi kerak.   

 

Yangiliklar lentasi
0