Dubay aeroportida Emirates aviakompaniyasi samolyoti yonib ketdi

© LEX VAN LIESHOUT / ANP / AFPSamolet Emirates Airlines
Samolet Emirates Airlines - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in tufayli Dubay aeroporti 4 soatga yopilgan.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Hindistondan uchib chiqqan Emirates Airlines aviakompaniyasi samolyoti dubay aeroportiga shoshilinch tarzda qo‘ngan, deb xabar qildi Yevropada Havo harakati xavfsizligi xizmati.

Voqea guvohlari rasmga olgan kadrlarda bir necha o‘n metrga ko‘tarilgan ulkan tutun ustuni ko‘ringan.   

“Dubay aeroporti, keyingi e’longa qadar kelayotgan samolyotlarni qabul qilmayapti”, — deyilgan Yevronazorat xabarida.

Aviakompaniyada aytishlariga qaraganda aeroporta parvozlar 4 soatga qadar ushlanib qolishi mumkin.

Hindistonning Tiruvanantapuram shahridan uchib chiqqan Emirates aviakompaniyasi samolyoti Dubay xalqaro aeroportida muvaffaqiyatsiz qo‘ndi. Yo‘lovchilar orasida zarar ko‘rganlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Emirates aviakompaniyasi aeroportda mahalliy vaqt bilan soat 11:45 da kutilmagan hodisa sodir bo‘lganini xabar qildi.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, ushbu favqulodda hodisada qurbonlar bo‘lmagan.

 

Yangiliklar lentasi
0