Dunyoda

OAV: Turkiya janubida portlash roʻy berdi, jabrlanganlar bor

© ADEM ALTAN / AFPTurkiyadagi ahvol
Turkiyadagi ahvol - Sputnik Oʻzbekiston
Portlash Turkiyada davlat toʻntarishini amalga oshirishga qarshi oʻtkazilayotgan norozilik aktsiyasi davomida roʻy berganligi aytilmoqda.

TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Portlash Turkiyaning Antaliya provintsiyasida roʻy bergan. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohat olgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Maʼlumotlarga koʻra, portlash Turkiyada davlat toʻntarishini amalga oshirishga uringanlarga qarshi oʻtkazilayotgan norozilik aktsiyasi davomida roʻy bergan.

"Bu qoʻlaki bomba boʻlgan boʻlishi ham mumkin", — deb taʼkidlamoqda Antaliya provintsiyasi rahbari Semil Tonbul.

Hozircha ushbu portlash uchun hech bir jinoiy uyushma javobgarlikni oʻz boʻyniga olgani yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, 16 iyulga oʻtar kechasi Turkiyada bir guruh harbiylar davlat toʻntarishini amalga oshirishga uringan edi. Natijada, 246 kishi halok boʻlgan, ikki mingdan ziyod kishi jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala