Jamiyat

Oʻzbek doʻppilari Dunyo xalqlari bosh kiyimlar muzeyidan joy oldi

© hatmuseumDom shlyap - muzey golovnыx uborov narodov mira
Dom shlyap - muzey golovnыx uborov narodov mira - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning Vyatskiye Polyanы shahrilik ikki sayohatchi noyob milliy bosh kiyim namunalari izlab Oʻrta Osiyoga sayohat qilishdi. U yerdan ular 100 dan ortiq turli xil bosh kiyim olib kelishdi.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Ertaga Vyatskiye Polyanы shahrida birinchi bosh kiyimlar festivali boʻlib oʻtadi. Ushbu bayram Vyatki shahri tadbirkorlari uyushmasi hamda shahar maʼmriyati bilan birgalikda tashkil qilingan, Nuz.uz xabari asosida.

2014 yilda Vyatskiye Polyanы shahridan boʻlgan ikki sayohatchi tadbirkor Valeriy Smolyuk va Oleg Uvarovlar Natmaster loyihasini boshlagan edi. Ular ushbu davr mobayinida dunyoning turli mamlakatlariga avtomobil sayohati tashkil qilib, turli millat bosh kiyimlarini kollektsiyasini jamlagan. Uning asosida Bosh kiyimlar muzeyi tashkil qilingan.

Bu yil loyiha davom ettirildi va sayohatchilar Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikistonga yoʻl olishdi. U yerdan 100dan ortiq noyob milliy bosh kiyim namunalari olib kelindi. Ushbu doʻppilar endi yangi mezey eksponatlaiga aylanadi.

Dunyo xalqlari bosh kiyimlari muzeyi Rossiyada yagona bosh kiyimlar muzeyi boʻlib, u yerda Rossiya, Osiyo, Gʻarbiy Yevropa, Shimoliy amerika, Avstraliya xalqlari bosh kiyimlari toʻplamlari bor. Shuningdek muzeyda Tarixiy bosh kiyim, Bayramona bosh kiyim,  Dizayner yasagan bosh kiyimlar boʻlimlari mavjud.

Muzey maydoni 200 metr kvadrat boʻlib, u yerda bir vaqtda 250 dar ortiq eksponatlar namoyish qilingan.

© hatmuseumDunyo xalqlari bosh kiyimlari muzeyi
Dom shlyap - muzey golovnыx uborov narodov mira - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyo xalqlari bosh kiyimlari muzeyi

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala