Jamiyat

UMS yangi logotip ishlata boshladi

© Facebooke / UMSUMS kompaniyasining rasmiy sahifasi
UMS kompaniyasining rasmiy sahifasi - Sputnik Oʻzbekiston
MTS bilan ajrashganidan keyin, kompaniya oʻz logotipini oʻzgartirdi. Endi u qizil ramkali oq kvadrat boʻlib, uning oʻrtasida UMS deb yozilgan.

TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. UMS uyali aloqa operatori oʻz logotipini oʻzgartirdi. Bundan buyon oq tuxum surati chizilgan qizil kvadrat oʻrniga kompaniya logotipi oʻrtasida UMS deb yozilgan oq kvadrat boʻladi. Bu haqida kompaniyaning Facebook dagi sahifasida  xabar berilgan.

Bundan buyon, kompaniya logotipi oʻrtasida qizil harflar bilan UMS deb yozilgan oq kvadrat boʻlib, uning atrofi qizil ramka bilan oʻralgan.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Rossiyaning MTS kompaniyasi UMS tarkibidagi oʻzining 50,01 % ulushini Oʻzbekiston Aloqa vazirligi nazorati ostida boʻlgan korxonaga sotishga qaror qilgani haqida xabar bergan edik. 

UMS kompaniyasi, unga berilgan litsenziyalarga koʻra, 2029 yilga qadar aloqa xizmatlari koʻrsatishda davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala