Sport

Samolarda qolgan "Paxtakor"

Bugun 11 avgust kuni Ukrainaning Dneprodzerjinsk osmonida millionlab oʻzbek futbol muxlislarining qalbidan joy olgan "Paxtakor" jamoasining fojeali halok boʻlganiga 37 yil toʻldi. Shu munosabat bilan "Paxtakor" futbolchilarini xotirlash uchun Oʻzbekistonda bir qator tadbirlar oʻtkazilishi maʼlum qilindi.

TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Payshanba kuni 1979 yilda fojeali tarzda halok boʻlgan "Paxtakor" futbol jamoasi xotirasi yana bir bor yodga olinadi, deb xabar qilmoqda futbol klubi matbuot-xizmati.

1979 yil 11 avgust kuni Ukrainaning Dneprodzerjinsk osmonida ikki Tu-134A samolyotlari toʻqnashib ketdi. 178 nafar inson (165 nafar yoʻlovchi va 13 ekipaj aʼzolari) halok boʻldilar. Shu jumladan, oʻsha vaqtda Sobiq Ittifoq Oliy Ligasi tarkibida boʻlgan "Paxatkor" futbol jamoasining 17 nafar aʼzosi ham toʻqnashuv qurboniga aylangan edi.

"Bugun ertalabdan "Paxtakor" stadionidagi yodgorlik qarshisida "Paxtakor" jamoasi oʻyinchilarining aviahalokatga uchraganiga 37 yil toʻlgani munosabati bilan fojea qurbonlarining oila aʼzolari va qarindoshlari, "Paxtakor" Futbol klubi futbolchilari va rahbariyati, OʻFF va OʻzPFL rahbariyati, OʻFF Faxriylar Kengashi xodimlari toʻplandilar", — deb xabar qildi klub matbuot-xizmati.

Bundan tashqari, xohlovchilar Toshkentda joylashgan Botkin nomidagi qabristonga tashrif buyurib, "Paxtakor" jamoasi xotirlashlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala