Iqtisod

Oʻzbek dehqonlari 29 mln $ lik shartnoma imzoladilar

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka oʻtishMevalar
Mevalar - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Joriy yil Toshkent shahrida oʻtkazilgan I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida Navoiy viloyati fermer va dehqonlari xorijlik kompaniyalar bilan 29 million 300 ming dollarlik shartnoma imzolagan.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida fermerlar paxta va gʻalla yetishtirish bilan cheklanib qolmasdan, intensiv bogʻlar barpo etish, meva-sabzavot yetishtirish hamda uni eksport qilish bilan shugʻullanmoqda, deb yozadi "Jahon" AA.

Buyu Ipak Yoʻlida Turizm - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston besh yil davomida meva-sabzavot yetishtirishni ikki baravarga oshiradi
Xabarda taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning joriy yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarishda muhim dasturilamal boʻlmoqda.

"Navoiy viloyati dehqon va fermerlari ham yerdan unumli foydalanish, aholi dasturxoni va bozorlar toʻkinligini taʼminlash maqsadida meva-sabzavot yetishtirishning oʻziga xos usullaridan keng foydalanmoqda. Natijada mahsulotlar xorijga ham eksport qilinmoqda. Yarmarkada viloyatdagi 20 dan ortiq eksportchi korxona va fermer xoʻjaliklari 35 ming tonna meva-sabzavot sotish boʻyicha shartnomalar imzoladi", — deyiladi xabarda.

Joriy yilda viloyatda 122,5 ming tonna meva-sabzavot yetishtirish moʻljallangan.

Yangiliklar lentasi
0