Dunyoda

Oʻzbekistonlik meʼmorlar Chechenistonda masjid qurmoqda

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishChechenistonda masjid qurilishi
Chechenistonda masjid qurilishi - Sputnik Oʻzbekiston
Chechenistonning Shali tumani markazida oʻzbek meʼmorlari Ramzan Qodirov sharafiga dunyoda yagona chiroyga ega boʻlgan masjid qurmoqda.

TOSHKENT, 15 avg – Sputnik. Ushbu yilning oxiriga qadar Chechenistonning Shali tuman markazida, «Shali-Siti» turar joy majmuasi yaqinida Ramzan Qodirov sharafiga masjild qurib bitkaziladi, deb xabar qilmoqda EADaily.com nashri.

Oʻzbekistonlik meʼmorlar tomonidan loyhalashtirilgan masjid, har biri 63 metr boʻlgan toʻrt minoraga va balandligi 43 metr boʻlgan qubbaga ega boʻladi. Masjid qurilishi 2012 yilda boshlangan. Bugungi kunda uning asosiy karkasi qurib bitkazilgan, endi boʻlsa ichki va tashqi pardoz ishlari boshlanmoqda.

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishStroitelstvo odnoy iz samыx krupnыx mechetey mira v Chechne
Stroitelstvo odnoy iz samыx krupnыx mechetey mira v Chechne - Sputnik Oʻzbekiston
Stroitelstvo odnoy iz samыx krupnыx mechetey mira v Chechne

Chiroyliligi va uslubi boʻyicha, masjid dunyoda yagona boʻlib, uning ichi va tashqarisi yunon oq marmari bilan bezatiladi. Yoritish tizimini yaratish italiyalik mutaxassislar zimmasiga yuklatilgan. Oʻzbekistonlik meʼmorlar tominidan loyhalashtirilgan masjid, qadimiy Buxoro va Samarqand masjidlari uslubiga oʻxshash boʻladi. Bu Chechenistonning Oʻzbekistonda joylashgan soʻfiylik markazlari bilan bogʻliqligining ramzi boʻladi.

Soʻfiyli ilmining asoschisi boʻlgan Bahovuddin Naqshbandiy, Buxoro yaqinidagi Kasri Orifon qishlogʻida 1318−1389  yillarda yashab oʻtgan. Naqshbandiyning ustozi Said Mir Kulol va uning soʻfiylik ilmini chuqurlashtirgan va butun dunyoga keng tarqatgan oʻquvchi va izdoshlari ham Buxoroda yashab oʻtgan. Ulardan biri 1077−1166 yillarda yashab oʻtgan Muxiddina Abd ul-Qodir al-Djilani boʻlgan. Al-Jilani soʻfiylikning “Qodiriya” tariqatini yaratgan. Ramzan Qodirovning otasi Ahmad Hoji Qodirov va uning oʻzi ham “Qodiriya” tariqati izdoshlaridir.

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishAhmad Hoji Qodirov sharafiga qurilgan "Checheniston yuragi" masjidi
Goroda Rossii. Groznыy - Sputnik Oʻzbekiston
Ahmad Hoji Qodirov sharafiga qurilgan "Checheniston yuragi" masjidi

Masjidning qadimiy oʻzbek masjilari uslubida qurilishi Qodirovlar oilasining Oʻzbekiston bilan boʻlgan aloqasini yana bir bor urgʻulaydi. Eslatib oʻtamiz, Ramzan Qodirovning otasi, rahmatlik,  Ahmad Hoji Qodirov dastlab Buxorodagi Mir-Arab madrasasida taʼlim olgan, keyin Toshkentdagi Islom institutida oʻqigan. Oʻqish davrida Ahmad Qodirovda Oʻzbekiston birinchi muftiysi, musulmon olimi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf katta taaʼsurot qoldirgan va keyinchalik ular oilaviy doʻstlashib ham ketgan. Shayx Muhammad Sodiqning vafotidan keyin Groznыy koʻchalaridan biriga uning nomi qoʻyildi.

Eslatib oʻtamiz, Chechenistonda Axmad Qodirov sharafiga atab “Checheniston yuragi” nomli masjidi qurilgan. Undan tashqari Ramzan Qodirovning onasi sharafiga Argun shahrida “Ona yuragi” nomli  masjid ham qurilgan. Yangi masjidni Ramzon Qodirov nomi bilan atash – bu mahalliy aholining xoxishi boʻlgan. “Chechenistonda dinga katta eʼtibor berish, namozxon erkak va ayollar uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratish, madrasalar, hofizlar maktablari faoliyat  yuritishning barchasi – bizning rahbarimiz Ramzan Qodirovning saʼy-harakatlari tufayli”,  - deydi Checheniston DUM olimlar kengashi raisi Xoj-Axmed Qodirov.

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishRamzan Qodirovning onasi, Aymani Qodirova sharafiga qurilgan "Ona yuragi" masjidi
Otkrыtiye mecheti imeni Aymani Kadыrovoy v gorode Argun - Sputnik Oʻzbekiston
Ramzan Qodirovning onasi, Aymani Qodirova sharafiga qurilgan "Ona yuragi" masjidi

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala