Jamiyat

Havo transportida yoʻlovchi tashish qoidalari oʻzgartirildi

© Foto : Petr KratochvilYoʻlovchi yuklarini samolyotga ortish
Yoʻlovchi yuklarini samolyotga ortish - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasining 45 sonli buyrugʻiga oʻzgarishlar kiritildi.

TOSHKENT, 13 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasining 45 sonli buyurugʻiga qator oʻzgarishlar kiritildi, Lex.uz sahifasi xabariga asosan.  

Birinchidan, ushbu buyuruqdan yoʻlovchilarni majburiy sugʻurta qilish haqidaga band olib tashlandi.

Ikkinchidan,  parvozlar xavfsizligi Vazirlar mahkamasining 02.06.2016 yilda qabul qilingan 183 qaroriga koʻra,  yangi nizom asosida amalga oshiriladi.

Yangi qoidalarga koʻra, yoʻlovchilar va yuklarni koʻzdan kechirishda vakolat va javobgarlik MXX xodimlaridan Aeroport Xavfsizlik xizmati xodimlari zimmasiga oʻtdi.

Shaxsiy yuklarini yoʻlovchi ishtirokisiz aviatsiya xavfsizligiga tekshirish, faqat aeroportdagi  aviatsiya xavfsizlik  xavfsizlik xizmati boshligʻi yoki uning oʻrinbosarining yozma buyrugʻi asosida amalga oshiriladi. Kerak boʻlganda ikki guvoh ham taklif qilinadi.

Yoʻlovchining ishtirokisiz yuklar koʻzdan kechirilganda protokol yoki akt tuzilishi shart.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala